Urgutdagi gaz quyish shoxobchasida portlash: ikki kishi halok bo‘ldi

© UVD Samarkandskoy oblastiDva cheloveka pogibli v rezultate vzriva gazovoza na AZS v Samarkande
Dva cheloveka pogibli v rezultate  vzriva gazovoza na AZS v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Urgutdagi gaz quyish shoxobchalarining birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ikki kishi vafot etdi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida suyultirilgan gaz ortgan yuk mashinasi portlab ketdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Hodisa 14-iyun kuni soat 17:40 lar atrofida Urgut tumani "Kenagas" mahallasida suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan.
Spasateli MChS likvidirovali pojar, vspixnuvshiy v odnom iz restoranov Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
Andijonda gazdan portlash sodir bo‘ldi - jabrlanganlar bor
Fuqaro A. boshqaruvida bo‘lgan "ZIL-138 GBA SNG" rusumli avtomashina shoxobchaga gaz tushirayotgan vaqtida portlab ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi va gaz quyish shoxobchasining bir nafar ishchisi voqea joyida vafot etgan.
Portlash sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0