Siyosat

Xalq taʼlimi vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

© Press-slujba MNOVaxobjon Rajapov naznachen zamestitelem ministra narodnogo obrazovaniya.
Vaxobjon Rajapov naznachen zamestitelem ministra narodnogo obrazovaniya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Vahobjon Rajabov Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, Vahobjon Rajabov Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kunga qadar Vahobjon Rajabov Fargʻona viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Mejdunarodnaya islamskaya akademiya Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Siyosat
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi
Shu bilan birga u Namangan viloyati xalq taʼlimi tizimida turli boshqaruv lavozimlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori, Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Tashxis markazi rahbari, Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Rajabov 1971 yilda Namangan viloyati, Pop tumanida tavallud topgan. Namangan davlat universitetida tarix-huquq fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. U “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala