Kolumnistlar

Xitoy yangi sovuq urushning birinchi jangiga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishStranы mira. Kitay
Stranы mira. Kitay  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Angliyada boʻlib oʻtgan G7 majlisidan soʻng ushbu davlatlar Xitoyga qarshi qoʻshma bayonot qabul qilishdi.
Oldin aytgnimizdek, Kornuolldagi “Katta yettilik” majlisi, AQSH koʻrsatmasiga binoan, Xitoyga qarshi qaratilgan boʻldi. Jo Baydenning Yevropaga sayohatining asl maqsadi ham shu edi – ittifoqchilarni oʻzlarning strategik raqibi - Xitoyga qarshi ikkinchi sovuq urushga jalb qilish. Ushbu ishga Xitoyliklar qanday munosabat bildirdi?
Eslatib oʻtamiz, G7 davlatlari sammitida Xitoyni Shinjon va Shanxay borayasida, yaʼni Xitoyning ichki ishlari yuzasidan qoralovchi bayonot imzolandi. Shu bilan birga koronavirus Uxandagi laboratoriyadan “qochib ketmaganini” tekshirishni soʻrashdi. Xullas yettovlon bir boʻlib Xitoyni “qoralashdi va undan yuz oʻgirishini” maʼlum qilishdi. Lekin bu ayblovning ayrim muhim jihatlariga eʼtibor berish kerak.
Jenщina slushayet vыstupleniye ministra inostrannыx del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Kolumnistlar
Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi
Ikkinchi sovuq urushning asl maqsadi – Xitoyni uning bugungi dunyodagi iqtisodiy yetakchi oʻrnidan orqaga siljitishdir. “Yettilik” imzolagan kommyunikening keng ommaga eʼlon qilinmagan, lekin juda muhim punktlari ham bor. Bular AQSH oldin ham koʻp marotaba aytib oʻtgan, Xitoy biznesi davlatdan yordam olayotgani haqidagi boʻlimlar. AQSH buni “bozor tamoyillariga asoslanmagan” deb ataydi.
Shu oʻrinda Xitoyning Londondagi elchixonasi vakilining eslatmasi oʻrinli boʻldi. Xitoyda 2018 xorij biznesi ham mahalliy kompaniyalar bilan bir xil – 7,5 % import soligʻi toʻlaydigan boʻlgan. Undan tashqari boshqa koʻplab biznes yuritish shartlari unifikatsiya qilingan, bu borada qator qonunlar qabul qilingan.
Lekin katta yettilik rahbarlari ushbu oʻta muhim maʼlumotlardan xabari yoʻq. Ular “Xitoyning bozor iqtisodiyotiga xos boʻlmagan harakatlaridan xavotirga tushishda” davom etishmoqda va bundan uyalishmayapti ham....
Gonkong masalalasida ham, obroʻyli va javobgar shaxslar (G7) xulosasi ochiq faktlarga qarama-qarshi boʻlib tursa va ular Xitoyga qarshi kurashni boshlasa. Bu surbetlik emasmi?
Sammit G7 v Kornuolle, Angliya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Dunyoda
G7 sammiti bayonotidan soʻng Xitoy qatʼiy norozilik bildirdi
Sammit boshlanishidan bir necha kun oldin, Xitoy parlamenti “iqtisodiy sanktsiyalarga javob berish toʻgʻrisidagi” qonunni qabul qilgan edi. Bu juda murakkab va batafsil hujjat boʻlib, u kerak boʻlganda Xitoy hukumatiga, Xitoyning biror kompaniyasiga qarshi xorijda qabul qilingan sanktsiyalarga javoban xorijiy biror davlat kompaniyasini tanlab olib, unga qarshi javob sanktsiyalari kiritish huquqini beradi. Shu bilan birga oʻz kompaniyasi yetkazilgan zararning bir qismini qoplash huquqini beradi.
Bu bilan Xitoy xorijiy biznes vakillari oʻz hukumatlariga sanktsiyalar siyosatini qoʻllamaslikka undashidan umid qilmoqda. Ushbu qonunsiz ham ana shunday ishlar amalda sodir boʻlayotgan edi. Gʻarbiy Ittifoq ichida Xitoyga qarshi munosabatlar tufayli koʻplab kelishmoqchilik bor va Xitoy bundan albatta xabardor.
“Yettilik”ning Angliyadagi ushbu uchrashuvini xitoylik nomaʼlum karikaturachi rassom Injildagi mashhur sahnalardan biriga oʻxshatdi. Bu sahna Leonardo da Vinchining “Kechgi ovqat” asarida tasvirlangan. Xitoylik rassom aynan ushbu kartinani tanlagani bejiz emas. Uning ikkinchi nomi ham bor - “Soʻnggi ovqat”.
“Soʻnggi G7” nomi ostida 13 iyun kuni internetga chiqarilgan ushbu karikatura qisqa vaqt ichda Internetning Xitoy segmentida 700 mingdan ortiq koʻrilgan. Bu Xitoy aholisi Yevropa dini va madaniyati mumtoz asarlaridan xabardor ekanidan dalolat beradi.
Karikaturachi rassom ham Den Braunning "Kod da Vinchi" asari bilan yaxshi tanish koʻrinadi. Ushbu kitob bilan tanish boʻlgan kishi “yangi karikaturada” juda koʻp timsollarni topishi va xitoylik rassom asarini uzoq vaqt tomosha qilishi mumkin.
Predsedatel KNR Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Dunyoda
Si Tszinpin Xitoy va AQSH qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
Rasm markazida, albatta – “Sem togʻa”. Uning oldida esa shakli Xitoyga oʻxshagan tort turibdi. Uning yonida esa tualet qogʻozidan dollar pechat qilayotgan mashinka turibdi. Puchi chiqarayotgan mashinkada esa 9 trillion raqamini oʻqish mumkin. Bu Bayden maʼmuriyati bosib chiqarishga ulgurgan, hech narsa bilan taʼminlanmagan dollarlar miqdori.
Karikaturada “yettilik” aʼzolari ichidagi qarama-qarshiliklar ham yaqqol koʻrsatilgan. Ular orsida qarordan norozi boʻlgan Germaniya va unga mutlaq qarshi Italiyani koʻrish mumkin. (Italiya “Bitta belbogʻ bitta yoʻl” loyihasi boʻyicha Xitoyning hamkori.) Yettilik orasida hind fili ham koʻrinib turibdi.
Koʻp hollarda yettilikka kiritilmagan davlatlar ham ushbu majlisga maslahatlashish maqsadida taklif qilinadi. Bu safar ularning soni 4ta edi. Janubiy Afrika va Janubiy Koreya "kechgi ovqatda” koʻrinmaydi, lekin u yerda qoʻllarini pul tomon choʻzayotgan kenguru obrazida Avstraliyani va osma ukol olayotgan Hindistonni koʻrish mumkin. Bu bilan notanish rassom Hindistonni koronavirusga qarshi kurashda yoʻl qoʻygan xatolarini koʻrsatmoqda.
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Kolumnistlar
AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Xitoy va Hindistonning murakkab munosabatlari – bu alohida katta mavzu. Lekin “filning” ushbu sammitda ishtirokini nima bilan izohlash mumkin?
“Sharq va Gʻarb” oʻrtasida muvozanatni saqlab turish hamda raqobat qilayotgan tomonlarning har biri bilan yaqin hamkorlik munosabatlari oʻrnatish kabi bizga oldindan tanish boʻlgan gʻarbona “siyosiy oʻyinlar” bu yerda ahamiyatsiz boʻlishi mumkin. Hindistonni u yerga taklif qilishdan yagona maqsad – uni Xitoy bilan urushga gij-gijlashdir. Hindistonga qilinayotgan komplimentlar orasida ishonish qiyin boʻlgan “eng katta demokratiya” degan soʻzlar ham bor.
Hindiston ichida esa bunda iltifotlarga munosabat turlicha. Ular orasida dunyoni “demokratlar” va “avtokratlarga” boʻladiganlar bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish kerak, hech bir tomonga qoʻshilmasdan oʻz yoʻlida ketishda davom etish kerak, qabilidagi fikrlar ham tez-tez uchrab turadi.
Hozircha, yettilikning qaroridan yagona xulosa shuki - G7 davlatlari oʻz deklaratsiyasi bilan faqat oʻzlariga ortiqcha muammo orttirdi xolos. Bu yerda hech qanday yutuq koʻrinmayapti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala