Jizzaxdagi YTHda ikki kishi halok bo‘lib, ikki kishi jarohatlandi

© Press-slujba GUBDD MVDDvoe pogibli i dvoe postradali v DTP v Djizake
Dvoe pogibli i dvoe postradali v DTP v Djizake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
Yuk va yengil avtomobillari to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Jizzax viloyatida yuz bergan yuk va yengil avtomobillar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.
YTH 15-iyun kuni soat 18:20 larda Jizzax shahar hududidan o‘tgan 4R-36 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida ro‘y bergan. “Neksiya” yengiz avtomobili va “Shacman” yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
© Press-slujba GUBDD MVDDvoe pogibli i dvoe postradali v DTP v Djizake
Dvoe pogibli i dvoe postradali v DTP v Djizake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Dvoe pogibli i dvoe postradali v DTP v Djizake
Natijada “Neksiya” haydovchisi 26 yoshli E.Q. va uning yo‘lovchisi 34 yoshli D.N. hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, yo‘lovchilar 11 yoshli A.S. va 27 yoshli A.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0