Iqtisod

Mashhur “Piramidalar” savdoga chiqarildi

© Agentstvo po upravleniyu gosudarstvennыmi aktivami UzbekistanaZonu otdыxa "Chorvok Oromgoxi" ("Piramidы") v Tashkentskoy oblasti vыstavili na prodaju
Zonu otdыxa Chorvok Oromgoxi (Piramidы) v Tashkentskoy oblasti vыstavili na prodaju - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Auktsionda ishtirok etish uchun 2021 yilning 15 iyuliga qadar kerakli hujjatlarni “Davaktiv” agentligiga taqdim etish kerak.
TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” yoki xalq tilida “Piramidalar” deb nom olgan dam olish maskani savdoga chiqarildi. Bu haqida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qilmoqda.
Ushbu yirik turistik obʼyekt 8ta alohida lotlarga boʻlib savdoga chiqarilgan. Xususan, "Chorvoq oromgohi"ning har bir binosi alohida lot sifatida, sport majmuasi va qurilayotgan obʼyektlar ham alohida lot sifatida savdoga chiqarilgan.
Sotish ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi, jumladan, hujjatlar toʻliqligi, zakalat puli kelib tushganligi, biznes kontseptsiyasi loyihasining qoʻyilgan talablarga maqbul yoki maqbul emasligi;
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va toʻlovni amalga oshirish muddati) hamda toʻlov qobiliyati baholanadi.
Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021 yil 15 iyul soat 18:00 ga qadar Davaktiv agentligiga belgilangan hujjatlarni topshirishi va lotning umumiy qiymatidan 5% miqdorida “zakalat puli” toʻlashi kerak.
Qoʻshimcha talablar:
Davlat aktivlaridan kelgusida mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi obʼyektini barpo etish talabi qoʻyiladi;
davlat aktivini sotib olish boʻyicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi;
Boʻlajak xaridorlar taqdim etayotgan kerakli hujjatlar orasida sotib olinayotgan obʼyektdan kelajakda foydalanish maqsadi (biznes-reja), xaridorning soʻnggi 3 yildagi moliyaviy hisoboti hamda narx taklifi boʻlishi kerak.
"Davaktiv" agentligi xbariga koʻra 2021 yilning yanvar-may oylarida “Elektron onlayn auktsionlar” orqali 15 816 ta davlat mulki 570,6 mlrd.soʻmga sotildi. Mulklarni sotib oluvchilar belgilangan muddatda 3,4 trln.soʻm miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala