Siyosat

Minglab afgʻonlar hayoti saqlab qolindi: Afgʻoniston Oʻzbekistonga minnatdorchilik bildirdi

© Press-slujba MID RUzPeregovorы Ismatulla Irgasheva s glavoy MID Afganistana Xanifom Atmarom
Peregovorы Ismatulla Irgasheva s glavoy MID Afganistana Xanifom Atmarom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Avvalroq Oʻzbekiston qoʻshni davlatga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yuki topshirgan edi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Afgʻoniston hukumati Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi kurashda favqulodda koʻrsatilgan gumanitar yordam uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan muzokaralar oʻtkazgan.
“Atmar Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga koʻrsatilgan favqulodda gumanitar yordam uchun Afgʻoniston rahbariyatining samimiy minnatdorligini yetkazishni soʻradi. Uning soʻzlariga koʻra, mazkur gumanitar yordam pandemiyaning uchinchi toʻlqiniga duch kelgan minglab oddiy afgʻonlarning hayotini saqlab qoldi”, - deyilgan xabarda.
Vazir Oʻzbekiston rahbarining Afgʻoniston Hukumati iltimosiga birinchi boʻlib javob berganini alohida taʼkidladi hamda bu Oʻzbekiston-Afgʻoniston hamkorligining hozirgi yuqori darajasidan darak beruvchi yana bir misol ekanligini eʼtirof etdi.
Afgʻoniston tomoni Oʻzbekiston rahbariyatining afgʻon mojarosini tinch yoʻl bilan bartaraf etish, mamlakat hududida energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Tomonlar afgʻonlararo toʻgʻridan-toʻgʻri tinchlik muzokaralarining istiqbollarini, iyul oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaga tayyorgarlik koʻrish jarayonini hamda savdo-iqtisodiy sohadagi oʻzaro hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston pandemiyaning uchinchi toʻlqiniga duch kelgan Afgʻonistonga yordam koʻrsatgan edi. Qoʻshni davlatga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yuki topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala