Minglab afg‘onlar hayoti saqlab qolindi: Afg‘oniston O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

© Press-slujba MID RUzPeregovori Ismatulla Irgasheva s glavoy MID Afganistana Xanifom Atmarom
Peregovori Ismatulla Irgasheva s glavoy MID Afganistana Xanifom Atmarom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq O‘zbekiston qo‘shni davlatga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yuki topshirgan edi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Afg‘oniston hukumati O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda favqulodda ko‘rsatilgan gumanitar yordam uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan muzokaralar o‘tkazgan.
“Atmar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ko‘rsatilgan favqulodda gumanitar yordam uchun Afg‘oniston rahbariyatining samimiy minnatdorligini yetkazishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur gumanitar yordam pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan minglab oddiy afg‘onlarning hayotini saqlab qoldi”, - deyilgan xabarda.
Vazir O‘zbekiston rahbarining Afg‘oniston Hukumati iltimosiga birinchi bo‘lib javob berganini alohida ta’kidladi hamda bu O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligining hozirgi yuqori darajasidan darak beruvchi yana bir misol ekanligini e’tirof etdi.
Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston rahbariyatining afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan bartaraf etish, mamlakat hududida energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Tomonlar afg‘onlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarining istiqbollarini, iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini hamda savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Afg‘onistonga yordam ko‘rsatgan edi. Qo‘shni davlatga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yuki topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0