O‘zbekiston JCh-2022 ga chiqa olmadi: bosh murabbiy nima deydi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaVadim Abramov
Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni bahsidan so‘ng Vadim Abramov muxlislardan uzr so‘radi va o‘yinda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar haqida gapirdi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Bu “oq bo‘rilarni” JCh-2022 da qatnashish imkoniyatdan mosuvo qildi. Mazkur o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Vadim Abramov xatoliklar nimada bo‘lganini aytdi.
“Bizning jamoani ko‘pchilik muxlislarimiz qo‘llab quvvatlashdi. Ularning ishonchini oqlay olmaganimiz uchun uzr so‘rayman. Futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatoyim. Boshidan nima uchun bunchalik bo‘shashganimizni tushuntirib berishim qiyin. Biz Saudiyaning qarshi hujumda tez harakat qilishini bilardik. Shunga qarab qanotlarni kuchaytirdik. Lekin oldinga o‘tib ketib birinchi va ikkinchi gollarni qabul qilib oldik. Raqiblarimiz juda osonlik bolan darvozamizga yo‘l topa oldi”, - dedi terma jamoa bosh murabbiyi o‘yindan so‘ng.
Abramov Saudiya Arabistonini tabriklab, Jahon chempionatiga yo‘llanma olishini tilab qoldi.
Yangiliklar lentasi
0