Putin va Baydenning uchrashuvi vaqti ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
Oq uy ma’lumotiga ko‘ra Vladimir Putinning Jo Bayden bilan uchrashuvi 14.35da boshlanadi
TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. AQSh va Rossiya prezidentlari Jo Bayden va Vladimir Putinning Jenevadagi uchrashuvi chorshanba kuni Moskva vaqti bilan 14.35da boshlanadi. Bu haqda Oq uy tomonidan tarqatilgan Baydenning kundalik ish tartibida ko‘rsatib o‘tilgan.
Amerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Putin va Bayden uchrashuvida “surpriz” bo‘lishi mumkin
Uchrashuv boshlanishidan 10 daqiqa oldin Bayden Putin va Shveysariya prezidenti Gi Parmelen bilan suratga tushadi.
Bayden va Putinning delegatsiya ishtirokidagi kengaytirilgan uchrashuvi Moskva vaqti bilan 15.55da boshlanadi, 17.40da ushbu uchrashuvning ikkinchi raundi o‘tkaziladi.
Putin bilan uchrashuvdan so‘ng Bayden matbuot-anjumani o‘tkazadi, deya tasdiqlagan Oq uy.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Jenevada rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvidan so‘ng darhol Yevropa turnesidan qaytadi.
Yangiliklar lentasi
0