Iqtisod

Rossiya Oʻzbekistonga kurka goʻshti eksport qilishni boshladi

© Press-slujba GK "Damate"Vыpusk produktsii iz myasa indeyki
Vыpusk produktsii iz myasa indeyki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Rossiya kompaniyasi Oʻzbekistonga kurka goʻshti yetkazib berishni boshladi. Kompaniya kelajakda ham ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini saqlab qolishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 16 iyun – Sputnik. Rossiyaning eng yirik kurka goʻshti ishlab chiqaruvchisi – “Damate” korxonalar guruhi, Oʻzbekistonga oʻz mahsulotini doimiy ravishda eksport qilishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
“Kompaniya oʻzining “Salima” eksport brendi ostida 18,5 tonna kolbasa mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlarini yetkazib berdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, kompaniya Oʻzbekistonga umumiy qiymati 220 million rublga teng, 1,5 ming tonna mahsulot yetkazib beradi”, - deyilgan xabarda.
“Damate” uchun Oʻzbekiston bozori juda muhim”, dedi kompaniya bosh direktori Rashid Xayrov.
Bugungi kunda kompaniya kurka goʻshti yetishtirish va qayta ishlash, sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shugʻullanib kelmoqda. 2021 yil rejalarida halol mahsulotlarni uzoq chet el davlatlariga ham yetkazib berish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala