Tataristonda O‘zbekiston savdo vakolatxonasi ochiladi - Umurzakov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRustam Minnixanov pribil v Tashkent
Rustam Minnixanov pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tatariston biznesmenlari duch kelayotgan barcha muammolar hukumat darajasida hal qilinadi - Umurzakov.
TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Tataristonda O‘zbekistonning savdo vakolatxonasi ochiladi. Bu haqida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Tatariston biznes forumida ma’lum qildi.
Vazir aytishiga ko‘ra, Tataristonda ochiladigan vakolatxona Rossiyaning Moskva shahrida yaqin vaqt ichida ochiladigan O‘zbekistonning savdo vakolatxonasining filiali bo‘lib u yerda kamida ikki nafar xodim ishlaydi.
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2021
Moskvada Tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi ochiladi - prezident qarori
Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan biznes forumda Sardor Umurzakov Shuningdek, O‘zbekiston va Tatariston xalqlari madaniy yaqin ekanini hamda ko‘p asrlik iqtisodiy hamkorlik rishtalariga ega ekanini qayd etib, ushbu aloqalarni aniq natijalarga aylantirish vaqti kelganini ishonch bilan ta’kidladi.
Shuningdek, Umurzakov ushbu tashrif Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga 4-atshrifi bo‘lsada, ikki Respublika orasidagi iqtisodiy aloqalar yetarli darajada rivojlanmayotganini, kerakli natijalarga erishilmayotganini aytib o‘tdi.
“Biz uchrashuvdan uchrashuvgacha yoki forumdan forumgacha emas doimiy ravishda ko‘proq sifatliroq ishlashimiz kerak”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, Umurzakov, O‘zbekistonda 200 ming kishidan iborat tatarlar diasporasi borligini hamda Tataristonda 9 ming kishilik o‘zbek diasporasi borligini qayd etdi va “ular ham ushbu hamkorlikdan natijalar kutishayotganini” ma’lum qildi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston va Tatariston biznesmenlari duch kelayotgan barcha muammolar hukumat darajasida hal qilinishini ma’lum qildi.
Bugun Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Kun tartibida biznes-forumda ishtirok etish, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish hamda Toshkent viloyatidagi texnoparkka tashrif buyurish va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0