Migratsiya

Xusnullin: Rossiya qurilish kompaniyalari migrantlarni koronavirusga qarshi emlashga tayyor

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtish Veterinar derjit v rukax shprits s preparatom "Karnivak-Kov" ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve
 Veterinar derjit v rukax shprits s preparatom Karnivak-Kov ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Rossiya qurilish kompaniyalari ishchilarni emlashni tashkillashtirish va moliyalashtirishga qiziqish bildirishgan.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalari migrantlar uchun COVID-19 ga qarshi emlanish tadbirlarini tashkil etishga tayyor. Bu haqda Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat Xusnullin “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Amaldor hukumat barcha ishchilarni koronavirusga qarshi vaktsina bilan taʼminlash vazifasini qoʻymoqda.
Xusnullin Rossiya mamlakatga ishlash uchun kelayotgan hamma migrantlarni emlashga tayyorligini qoʻshimcha qildi. Shuningdek, u qurilish kompaniyalari ishchilarni emlashni tashkillashtirish va moliyalashtirishga qiziqish bildirishganini aytdi.
“Ishchilarning oʻzi, masalan, Belarus, Oʻzbekiston, Tojikistondan kelayotganlar, ham bu yerda ishlash va maosh olishdan manfaatdor. Shartimiz emlanish boʻlsa, umid qilamanki, ular shartimizni qabul qilishadi”, - dedi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya migrantlarni olib kelishni soddalashtirish va ularni majburiy emlashni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
Rabota mobilnыx punktov vaktsinatsii v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Migratsiya
Putin mehnat migrantlarini pullik emlash tizimini yaratish haqida topshiriq berdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala