Jamiyat

Oʻzbekiston hukumati 54 ming oilani uy-joy bilan taʼminlashni rejalashtirgan - tafsilotlar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovыm
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan taʼminlash vazifasi belgilangan, jumladan davlat dasturi asosida 45 ming xonadonga moʻljallangan uy-joylar quriladi
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan taʼminlash vazifasi belgilangan, jumladan davlat dasturi asosida 45 ming xonadonga moʻljallangan uy-joylar quriladi. Bu haqda Qurilish vaziri oʻrinbosari Shuhratxoʻja Xoshimov bugun boʻlib oʻtgan matbuot-anjumanida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Mart oyida “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilingan edi.
Dollarы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi
Qurilish vaziri oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yangi tartib doirasida 27 628ta (18 368 ta shaharlarda, 9 260ta qishloq joylarda) uylar qurish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.
Bunda, 8,3 mingdan ortiq uy "Qishloq qurilish invest" IK MCHJ ishtirokida va 3,5 mingdan ortiq uy "Uzshaharqurilish invest" IK MCHJ ishtirokida quriladi.
Bu xonadonlarni oʻz ichiga olgan 1048ta koʻp kvartirali uy-joylar qurilishi uchun muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga yaqin boʻlgan 175ta massivlar tanlab olingan.
Massivlarni tanlashda quriladigan uylarni narxlarini optimal darajada ushlab turish uchun quyidagi parametrlarga eʼtibor qaratildi:
- massivlar yaxlit shaklda qurilishi kerak, yaʼni bitta massivda kamida 5ta va undan ortiq;
- massivlarni tashqi injener kommunikatsiyalarni ulanishi osonligi;
- bu hududlarni injener-geologik nuqtai nazaridan maqbulligi hisobga olindi.
330 shkola - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Jamiyat
Shermatov: yangi quriladigan uy-joy komplekslari orasida maktab ham qurib beriladi
Qurilish narxini pasaytirish maqsadida qishloq joylarda 5 va undan yuqori, shahar joylarda 9 va undan yuqori uylarni monolit jelezobeton variantlarida qurish belgilandi.
Uylarni qurilayotganda ikkinchi darajadan past boʻlmagan issiqlik himoya bilan taʼminlanganligi eʼtibor qaratildi. Bu himoya - uyda yashovchilarni oylik byudjetini iqtisod qilishga ham olib keladi.
Tanlangan 175ta massiv roʻyxati vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlandi va bu massivlar kesimida belgilangan loyiha tashkilotlari tomonidan bosh rejalari ishlab chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2021
Siyosat
Mirziyoyev yangi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirini tayinladi
Bosh rejalarni ishlab chiqishda bu hududlar yaqinida ijtimoiy soha obʼyektlarini mavjudligiga asosiy eʼtibor qaratildi.
“Agar maʼlum radiusda ijtimoiy soha obʼyektlari boʻlmasa, bosh rejalar bilan u yerda uylardagi xonadonlarni sonidan kelib chiqqan holda maktab, bogʻcha va tibbiyot muassasalarini qurish rejalashtirilgan”, - dedi qurilish vazirligi vakili.
Bu uylarni qurish maqsadida yetakchi loyiha tashkilotlari tomonidan 11 dan ortiq namunaviy loyihalar ishlab chiqildi. Loyihalar qurilish vazirligining texnik kengashida kelishilib, texnik va iqtisodiy parametrlari belgilandi.
Bundan tashqari, aholiga qurilish sohasida tegishli maʼlumotlarni yetkazish maqsadida 2ta portal ishga tushirildi.
Bugungi kunda, hududlarda 19 648ta xonadonli 582ta koʻp qavatli uy-joylarni qurilishi boshlangan boʻlib, mazkur ishlarga 261ta pudrat tashkilotlari tanlab olingan.
Tasdiqlangan massivlarning topogeodeziya, geologiya-qidiruv ishlari va massivlar qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun 18,1 mlrd. soʻm ajratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala