Jamiyat

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentMassovыe zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente
Massovыe zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
“Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 avgustdan Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi.
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Siyosat
Turizm va sport vazirligiga qator tayinlovlar amalga oshirildi
Baholash tizimi boʻyicha sport sinovlari maxsus va ixtiyoriy ravishda aholining yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.
Sport sinovlari 15 turdagi mashqlardan iborat boʻladi.
Ishtirokchilarga 11 ta yosh toifasi boʻyicha egallagan oʻrni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari beriladi.
Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishoni taʼsis etiladi.
Karimov Avazjon Kudratillayevich naznachen zamestitelem ministra fizicheskoy kulturы i sporta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2020
Siyosat
Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Shuningdek, ular yosh koʻrsatkichlaridan kelib chiqib 1 yil mobaynida quyidagi imtiyozlardan foydalanadi:
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy xizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;
- maxsus talablarni bajargan gʻoliblarga (I oʻrin) “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga kiradi;
- bepul tarzda davlat tuman (shahar) koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtadi;
- maxsus talablarni bajargan gʻoliblarga (I oʻrin) umumiy foydalanishdagi davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish huquqi beriladi (taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno);
Massovыe zanyatiya utrenney gimnastikoy v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.09.2018
Jamiyat
Toshkentda ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi
- farzandlari yashayotgan joydagi maktab, bogʻcha, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi;
- barcha davlat organlari va tashkilotlarining xodimlariga ish joyi hisobidan dam olish maskanlari va sanatoriylarga bepul yoʻllanmalar taqdim etiladi;
- respublika miqyosida ishga yoki oʻqishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (OTM sport yoʻnalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashgʻulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashgʻulotlardan ozod qilinishi) beriladi.
2021 yil 1 avgustgacha sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) va yagona elektron bazasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala