Kolumnistlar

Amerika umidlari aldangan sammit

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Putin: Oʻzini tutuish qoidalari haqida kelishib olish kerak, lekin bir tomon oʻzini ushbu qoidalarni belgilovchi deb hisoblasa - qanday kelishish mumkin?
Jeneva uchrashuvi kutilganidan yakunlandi: Putin va Bayden oʻzlari istagan gaplarni aytishdi va bir-birlarini tinglashdi, boʻlib oʻtgan muzokaralar esa – konstruktiv va ijobiy deb tan olindi.
Biror sezilarli kelishuvlarga erishilmadi – elchilar qaytariladi, hibsga olinganlar almashinadi va qurol-yarogʻlar mavzusida “strategik barqarorlik borasida yaqin orada ikki tomonlama kompleks dialog boshlanadi”. Hammasi shumi? Ha, lekin aslida hech kim ushbu uchrashuvdan koʻp narsa kutgani yoʻq edi.
Balkim kimdir kutgandir?
Oʻz umidlarida aldanganlar topildi. Ikki prezidentning matbuot anjumanidan xulosa qilganda, aldanganlar – amerikaliklar. Bundan ularning OAVlari vakillari bergan savollarga asosan xulosa qilish mumkin. AQSH Rossiya siyosatini oʻzgartirishga umid qilishgandi. Bunday umidvorlar Oq uy yangi maʼmuriyatida ham bor ekan. Balkim jamiyatda ham boʻlgan. Nima boʻlganda ham jamiyat fikirini belgilaydigan OAVlar orasida shunday fikrdagilar boʻlgani aniq. Ushbu gʻoyalar amerikalik jurnalistlarning Putinga bergan savollarida yaqqol bilindi: “Ukraina voqealari, kiberhujumlar boʻycha siz oʻzingizga javobgarlikni oldingizmi?” va ho kazo. Bu nima, bemaʼnilikmi?
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Siyosat
Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari
Anjumandan ketayotgan Bayden ortidan “Siz Putin oʻz xulqini oʻzgartiradi degandingiz, u barchasini inkor etib yana oʻz ishini davom ettirmoqda-ku!” deb baqirishganda u ortga qaytib bunga javob berishiga toʻgʻri keldi. “Men bunday demagandim, bu butun dunyo bosimi ostida boʻlishi mumkin degandim”, - deb javob berdi Bayden.
Xoʻsh amerikalik jurnalistlar va jamiyati ongida ushbu notoʻgʻri umidlar qayerdan paydo boʻldi? Bu ularning elitalari boshida haliyam mavjud boʻlgan, dunyoning buzib koʻrsatilgan suratida aks etgan. Bu nimadan bilinadi?
Birinchidan, amerika isteblishmenti haligacha Amerika dunyo qoidalarini belgilayotganiga ishonadi. Ikkinchidan, ular Trampga qarshi kurash vaqtida oʻylab topilgan uydirmalarga oʻzlari ham ishona boshlagan koʻrinadi. Bular, Trampga qarshi qurol sifatida foydalanilgan, Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashishi va oʻz siyosatini oʻzgartirishga majbur boʻlishi haqidagi uydirmalar. Endi bu yolgʻonni nima qilish kerakligi umuman tushunarsiz, Putinga emas – Baydenga.
Baydenning oʻzi ushbu uchrashuvni istagan edi – asosan ichki siyosiy sabablarga koʻra. Maqsad – oʻzining Trampga oʻxshamasligini koʻrsatish, uning oʻylab topilgan “xato” va “yoʻqotish”larini toʻgʻrilash.
Bayden “qattiqqoʻl Vladimir” bilan uchrashuvga yaxshi tayyorlandi, maslahatchilarni tingladi, hatto Xillari Klinton ham uni maqtagandi:
“Bu safar rejalashtrilgan tez qoʻl siqish, suratga tushmaslik, birgalikda matbuot anjumani uyushtirmaslik, - bularning barchasi aslida, biz nimani kutayotganimizni bildiruvchi, kuchli dipolmatik signaldir. Biz ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri suhbat kutayapmiz... “Vladimir, kel kelajakda nima qilishimiz haqida suhbatlashib olaylik. Biz senga nisbatan sanktsiyaalar kiritgan edik. Agar bu seni toʻxtata olmasa, oqibati yanada yomon boʻladi”, - deb izoh berdi Xillari.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SSHA Djo Bayden vo vremya vstrechi v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Foto
Putin va Bayden uchrashuvi - eng yorqin suratlar
Bayden matbuot anjumanida maʼlum qilishiga koʻra, “Putinga ishonch butun dunyoda kamayib borayotgan emish”, buning hayron qoladigan joyi yoʻq, “agar biz ham u qilgan ishlarni qilsak”, umuman, “Rossiya, dunyoda boʻlayotgan ishlar borasida oʻz hukmini oʻtkazishga haqqi yoʻq!”. Mayli, dunyoni qoʻya turaylik, Bayden Putinga Rossiyada boʻlayotgan ishlar haqida gapirdi! Mana buni kuchli davlatning kuchli pozitsiyasi desa boʻladimi? Bayden Putinni oʻzi istagan kun tartibiga amal qildira oldimi?
Axir u Putinga “Agar u inson huquqlarini himoya qilmasa, oʻz xalqi ishonchiga ega boʻlmasligini maʼlum qildi-ku?” Shu sababli ham Bayden jurnalist savoliga javob berarkan “Navalniy qamoqda vafot etsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishini aytdi”. Putinga savol bergan Amerikalik jurnalistlarni ham ushbu mavzu juda qiziqtirgan edi. Buni hujumkor taktika desa boʻladimi?
Aksincha, oʻz maslahatchilarining gaplariga quloq solgan Bayden Putin bilan muzokaralarda Navalniy mavzusini koʻtarib, mutlaq maʼnisiz taktikani tanladi. Chunki Rossiya buni faqat oʻz ichki ishlariga aralashish deb biladi. Shu gaplardan soʻng Baydenning “Putin bizni hali ham uni lavozimidan tushirmoqchi deb hisoblaydi” degan gaplari gʻalati eshitiladi. Axir shaxsan Bayden 10 yil oldin vitse-prezidentlik davrida Kremlga qaytmaslikni maslahat bergan edi. Sanktsiyalar ham Rossiya rivojlantirishini toʻxtatib turish uchun emas, “notoʻgʻri xulqi uchun jazo sifatida” kiritilayotganini ham aytgandi.
Bunday oldi-qochdi gaplar bilan nafaqat Putinni, boshqa biror tuzukroq fikrlaydigan rusni ham koʻndira olmaysan. Navalniy borasida ham prezident toʻliq javob qaytardi.
“AQSH Kongressi 2017 yilda Rossiyani oʻz dushmani deb eʼlon qildi. AQSH qonunchiligiga Qoʻshma Shtatlar bizning davlatimizda demokratiya va tartibni saqlab turishi kerakligi va siyosiy tashkilotlarn qoʻllab-quvvatlashi haqida qonun qabul qilishdi. Bu sizlarni, Amerikani qonuni. Keling endi oʻylab koʻraylik. Agar Rossiya dushman boʻlsa, AQSH Rossiyada qanday tashkilotlarni qoʻllab quvvatlaydi? Har holda Rossiya Federatsiyasini mustahkamlaydigan tashkilotlarni boʻlmasa kerak. Aksincha Rossiya rivojlanishini toʻxtatib turadigan tashkilotlarni boʻlsa kerak. Bu - Amerikaning ochiq eʼlon qilingan maqsadi. Demak ushbu tashkilotlar va odamlar Rossiya yoʻnalishida AQSH siyosatini oʻtkazishda yordam berishadi.
Biz bunga qanday munosabatda boʻlishimiz kerak? Ehtiyotkorona, munosabatda, deb oʻylayman", - dedi Putin.
Demak, Navalniy mavzusini Putin bilan muhokama qilish – befoyda. Bu bilan Rossiyaga bosim oʻtkazib boʻlmaydi. Balkim ushbu mavzu Baydenga ichki siyosat nuqtai nazaridan kerak boʻlgandir?
bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Dunyoda
Tramp Rossiyani Jenevadagi sammitning yagona gʻolibi deb atadi
Bu ham notoʻgʻri, chunki Putin AQShda boʻlib oʻtgan tartibsizliklarni esga olib, darhol toʻpni uning maydoniga qaytardi. “Oʻzingizda, yanvarda Kongressga hujum qilganlarga nima boʻlgani esingizdami? AQShda Trampning tarafdorlari Rossiyada Navalniy tarafdorlariga qaraganda bir necha barobar koʻp boʻlishiga qaramasdan. Ana shu faktning oʻzi ham Navalniy “kimning taʼsir agenti” ekanini yaqqol koʻrsatib berdi.
Xullas Navalniy mavzusi Baydenga foyda keltirmadi. Aksincha u Putinning sammitdagi asosiy vazifasi - Baydenni yaxshiroq tushunib olishni yengillashtirdi. Putin oldida 10 yil avval koʻrgan, Amerika demokratiyasi anʼanalarini Rossiyaga misol qilib koʻrsatgan odam turganiga amin boʻldi. Yaʼni, keng maʼnoda - oʻtmish odami. Bu u bilan gaplashib boʻlmaydi degani emas, albatta. Shunchaki Baydenning tasavvurlari Trampgacha boʻlgan oʻtgan davrlar darajasida saqlanib qolganini bildiradi xolos.
Uchrashuvdan soʻng ham hech qanday yangi illyuziyalar paydo boʻlmadi. Menda oldin ham yoʻq edi, yangisi ham paydo boʻlmadi. Hech qanday illyuziyalar yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas, - dedi Putin.
Ushbu uchrashuvda hech kim bir-biriga qizil chiziqlar belgilamadi, dedi Putin. Yana bir jurnalistning “Rossiyadan nima kutish nomaʼlumligicha qolayotgani” haqidagi savoliga, Putin keskin javob berdi: Biz oʻzimizni paydo boʻlayotgan xavflarga muvofiq tutmoqdamiz.<...> Oʻzini tutuish qoidalari haqida kelishib olish kerak”.
Ha, lekin bir tomon oʻzini ushbu qoidalarni belgilovchi, boshqalarga oʻz amrini oʻtkazuvchi deb hisoblasa - ushbu qoidalar haqida qanday kelishib olish mumkin? Faqat xushmuomalalik bilan unga nohaq ekanini tushuntirish va oʻz manfaatlarini barcha yoʻllar bilan himoya qilish mumkin. Bu esa koʻz oʻngimizda va ishtirokimizda sodir boʻlayotgan davrlar almashuvini yaqinlashtiradi. Kazinoning “eski xoʻjayinlarini” yangi kuchlar muvozanatini va yangi qoidalarni qabul qilishga majbur qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala