Iqtisod

DXXning sobiq binosi 210 mlrd soʻmga sotildi

© Press-slujba Agentstva po upravleniyu gosudarstvennыmi aktivami UzbekistanaBыvsheye zdaniye SGB Uzbekistana, vыstavlennoye na prodaju
Bыvsheye zdaniye SGB Uzbekistana, vыstavlennoye na prodaju - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Toshkentning Sayilgoh koʻchasida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi 210,0 mlrd soʻmga sotildi
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Yirik koʻchmas mulk obʼyektlarini xususiylashtirish jarayonlari boʻyicha Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining matbuot xizmati xabar qildi.
Poytaxtning Sayilgoh koʻchasi manzilida joylashgan sobiq "Markaziy bino" boʻyicha 210,0 mlrd soʻm sotib olish narxi bilan — "METROPOL GROUP" MCHJ savdo gʻolibi deb topildi.
Zonu otdыxa Chorvok Oromgoxi (Piramidы) v Tashkentskoy oblasti vыstavili na prodaju - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Iqtisod
Mashhur “Piramidalar” savdoga chiqarildi
Shuningdek, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar koʻchalari kesishuvi manzilida joylashgan "Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi" binosi boʻyicha 78,0 mlrd soʻm sotib olish narxi bilan — "Metro Plaza" MCHJ;
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib koʻchasi manzilida joylashgan "Ichan qalʼa" mehmonxona majmuasi boʻyicha 74,2 mlrd soʻm sotib olish narxi bilan — "QUADRO IH DMCC" kompaniyasi gʻolib deb topilgan.
Shu bilan birga, "Poytaxt biznes majmuasi" MCHJ mulkiy majmuasi, "Malika" savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi va "Qizil suv sport sogʻlomlashtirish" MCHJni xususiylashtirish jarayonlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala