DXXning sobiq binosi 210 mlrd so‘mga sotildi

© Press-slujba Agentstva po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami UzbekistanaBivshee zdanie SGB Uzbekistana, vistavlennoe na prodaju
Bivshee zdanie SGB Uzbekistana, vistavlennoe na prodaju - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentning Sayilgoh ko‘chasida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosi 210,0 mlrd so‘mga sotildi
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Yirik ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish jarayonlari bo‘yicha Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining matbuot xizmati xabar qildi.
Poytaxtning Sayilgoh ko‘chasi manzilida joylashgan sobiq "Markaziy bino" bo‘yicha 210,0 mlrd so‘m sotib olish narxi bilan — "METROPOL GROUP" MChJ savdo g‘olibi deb topildi.
Zonu otdixa Chorvok Oromgoxi (Piramidi) v Tashkentskoy oblasti vistavili na prodaju - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Mashhur “Piramidalar” savdoga chiqarildi
Shuningdek, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvi manzilida joylashgan "Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi" binosi bo‘yicha 78,0 mlrd so‘m sotib olish narxi bilan — "Metro Plaza" MChJ;
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi manzilida joylashgan "Ichan qal’a" mehmonxona majmuasi bo‘yicha 74,2 mlrd so‘m sotib olish narxi bilan — "QUADRO IH DMCC" kompaniyasi g‘olib deb topilgan.
Shu bilan birga, "Poytaxt biznes majmuasi" MChJ mulkiy majmuasi, "Malika" savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi va "Qizil suv sport sog‘lomlashtirish" MChJni xususiylashtirish jarayonlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0