Iqtisod

Jahon banki Oʻzbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi

© SS0 / Unsplash / Celyn KangDollarы, illyustrativnoye foto
Dollarы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Ushbu mablagʻ Oʻzbekiston hukumatiga juda past foizda va 30 yilgacha boʻlgan muddatga imtiyozli kredit shaklida taqdim etiladi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Jahon banki (JB) Ijrochi direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasining (DSQ) operatsion samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda mamlakat soliq toʻlovchilariga yanada sifatli xizmat koʻrsatishga qaratilgan soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish boʻyicha loyiha maʼqullandi. Bu haqda Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
Loyiha 60 million dolla miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga amalga oshiriladi. Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ushbu mablagʻni Oʻzbekiston hukumatiga juda past foizda va 30 yilgacha boʻlgan muddatga imtiyozli kredit shaklida taqdim etadi.
“Hukumat mamlakatdagi biznes va investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida soliq maʼmuriyatchiligi tizimidagi islohotlarga ustuvor ahamiyat bermoqda. Yangi loyiha Davlat soliq qoʻmitasining faoliyatini soliq toʻlovchilar manfaatlari nuqtai nazaridan takomillashtirishga yordam beradi”, — deydi Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
Xususan, loyiha soliq solinadigan bazani kengaytiradi, bu esa hozirgi kunda YAIMning taxminan 50 foizini tashkil etadigan iqtisodiyotning norasmiy sektorini qisqartirishga yordam beradi, soliq tushumlari hajmini koʻpaytiradi hamda yanada samaraliroq soliq maʼmuriyatchiligi tizmidan foydalanib mahalliy firma va kompaniyalarga yangi ish oʻrinlarini yaratishga yordam beradi.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Iqtisod
Jahon banki Oʻzbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi
Loyiha uchta asosiy komponentni oʻz ichiga oladi, ular Davlat soliq qoʻmitasining operatsion, institutsional, texnologik va inson salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, Oʻzbekistonda soliq qonunchiligi talablariga ixtiyoriy rioya qilishni ragʻbatlantiradi.
Loyiha birinchi komponenti Davlat soliq qoʻmitasiga soliq maʼmuriyatchiligi asosiy ish jarayonlarini avtomatlashtirishga sarmoya kiritishga imkon beradi. Bunga quyidagilar kiradi:
qogʻoz hujjatlarni qisqartirish hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni toʻlash jarayonini soddalashtirish maqsadida DSQ soliq boshqaruvining yangi axborot tizimini ishlab chiqish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
DSQ uchun yangi maʼlumotlarni saqlash markazini yaratish;
AKT uchun masʼul boʻlgan DSQ boʻlinmalarining oʻz faoliyatini boshqarish va rejalashtirishdagi imkoniyatlarini takomillashtirish.
Loyiha ikkinchi komponenti iqtisodiyot norasmiy sektorini qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam beradi. Bunga quyidagi choralar kiradi:
soliq toʻlashdan boʻyin tovlash holatlarini aniqlash va oldini olish boʻyicha DSQning ijro etuvchi salohiyatini yaxshilash;
biznesni soliq toʻlashdan boʻyin tovlamaslikka undash, shu jumladan soliqqa oid boʻlmagan imtiyozlardan foydalanish orqali ragʻbatlantirish;
xususiy sektor bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan soliq toʻlovchilar xatti-harakatlarini oʻzgartirish va soliq qonunchiligiga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan yangi yoki soddalashtirilgan soliq siyosati va protseduralarini ishlab chiqish orqali.
Loyiha uchinchi komponenti malakali va kompetentsiyaga ega xodimlarni ishga jalb qilish maqsadida DSQning inson va institutsional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan. Bunga doimiy ravishda malaka oshirish va kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish orqali DSQ xodimlarni boshqarish siyosatini takomillashtirish va ularning salohiyatini rivojlantirish boʻyicha bir qator tadbirlar kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala