Dunyoda

JSST ayollarga alkogol isteʼmol qilishni taqiqlashni taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishBokal vina
Bokal vina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Taʼkidlanishicha, bu onaning jismoniy va ruhiy ahvoliga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) farzand koʻrish yoshida boʻlgan ayollarga (15-49 yosh) spirtli ichimlik ichishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda 2022-2030 yillarda alkogolga qarshi kurashish xatti-harakatlar bosh rejasi loyihasida aytilgan. Bunga RIA Novosti eʼtibor qaratdi.
Hujjatga koʻra, mamlakatlar aholini alkogol ichimliklar zarari haqida boxabarligini oshirishi lozim, ammo bolalar, homiladorlar va farzand koʻrish yoshidagi ayollarga alohida eʼtibor qaratmoq darkor.
Bu homiladorlikka qadar va bola dunyoga keltirgan vaqtda spirtli ichimlik isteʼmol qilish bolada turli kasalliklar va nuqsonlar rivojlanishiga olib kelishi bilan bogʻliq.
JSST SOVID-19 qarshi Rossiya vaktsinasiga qiziqish bildirdi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.08.2020
Shifokor: emlash kunida spirtli ichimliklar isteʼmoli mumkin emas
Taʼkidlanishicha, bu onaning jismoniy va ruhiy ahvoliga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Shu tariqa, JSST ayollarning spirtli ichimliklardan toʻliq voz kechishi eng yaxshi variantligi borasida xulosa qilgan.
Bu bayonot ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari oʻrtasida keskin tanqidga sabab boʻldi, ular tashkilotni seksizmda ayblashdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala