Jamiyat

Koronavirus Oʻzbekistonda: 2 kishi vafot etdi, kunlik kasallanishlar soni oshdi

CC0 / Pixabay / PIRO4D / Illyustrirovannoye izobrajeniye virusa COVID-19
Illyustrirovannoye izobrajeniye virusa COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Sutka davomida 371 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 104 834 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Bir sutka davomida 371 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 104 834 nafarni tashkil qilmoqda.
Koronavirus, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni yetti yuzdan oshdi
Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (5), Andijon viloyatida (8), Buxoro viloyatida (15), Jizzax viloyatida (21), Qashqadaryo viloyatida (10), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (40), Sirdaryo viloyatida (6), Surxondaryo viloyatida (27), Fargʻona viloyatida (19), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (39), Toshkent shahrida (170) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 100 623 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizga yetdi.
Ayni paytda 3 498 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Vaktsinatsiya

Respublikada jami 2 739 571 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 644 371 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 1 015 786 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 79 414 nafarni tashkil qildi.
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Jamiyat
Koronavirus Oʻzbekistonda: yana 3 kishi vafot etdi

Oʻlim holatlari

2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 713 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 177,0 milliondan oshdi, 3,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,5 mln), Hindistonda (29,7 mln), Braziliyada (17,6 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala