Analitika

Maqomingizni qonuniylashtiring: Rossiyaga migrantlar kerak

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Rossiyada COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan 30 sentyabrga qadar migrantlarning vaqtincha boʻlish muddati uzaytirildi. Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.
Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, joriy yil apreli oʻrtalarida Rossiya hududida bir milliondan ziyod MDHdan boʻlgan fuqarolar noqonuniy boʻlib turishgan. Necha kishi maqomini qonuniylashtirishga muvaffaq boʻldi, nega migrantlar soyada qolishni afzal bilishmoqda va Rossiya xorijliklarning ishi va hayoti uchun qanday qulay sharoitlarni muhayyo qilmoqda – batafsil Sputnik maqolasida.
Migrantы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Migratsiya
Putin migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada boʻlishga ruxsat berdi

Uch oy ichida ulgurmoq zarur

“30 sentyabrga qadar barcha xohlovchilar qonuniy boʻliga ulguradimi yoki yoʻq, bu tegishli tuzilmalar ishiga bogʻliq. Avval migrantlarning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun katta-katta navbatlarga turishlariga toʻgʻri kelardi. Fikrimcha, uch oy yetarli, agar ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilsa”, - deb hisoblaydi Tojik madaniyat markazi raisi Xursheda Hamroqulova.
Vladimir Putinning farmoniga qadar 15 iyun xorijliklar qonuniy boʻla oladigan oxirgi sana edi.
Rossiya migratsiya markazlarida turnaqator navbatlar kuzatildi. Hujjat olish istagida boʻlgan migrantlar oqimi mayda boshlandi, deya maʼlum qildi Moskvadagi Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot byurosi direktori Abdusattor Esoyev.
Uning soʻzlariga koʻra, “Saxarovo” migratsiya markazida hujjatlarini rasmiylashtirish istagida boʻlganlar soni kuniga rekord 41 ming kishigacha yetgan. Jumladan, elchixonalar va diaspora tashkilotlarining oʻz vatandoshlar oʻrtasida faol tushuntirish ishlari olib borishi va ularni hujjatlarini rasmiylashtirishga chaqirishi migrantlar oqimining koʻp boʻlishiga sabab boʻlgan.
Mer Moskvы S. Sobyanin prinyal uchastiye v otkrыtii zdaniya migratsionnogo tsentra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Migratsiya
Rossiya IIV migrantlar toʻgʻrisida farmon yuzasidan sharh berdi
Esoyev Rossiya pandemiya davrida Rossiya hukumati tomonidan chet elliklarga nisbatan qabul qilgan choralar oʻta insonparvarcha boʻlganini qayd etdi.
2020 yil bahorida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin qator yengilliklar berdi. Natijada xorijliklarga 2021 yil 15 iyunga qadar hujjatlarini uzaytirmaslikka ijozat berildi.
Shu davr mobaynida ish beruvchilarga xorijliklarni ishlashga ruxsat beruvchi hujjatsiz ishga yollash imkoni berildi. Rossiyadan chiqarib yuborishga qoʻyilgan moratoriy bir necha marta uzaytirildi.

Rossiyaga migrantlar kerak

Migrantlar Rossiyada qonuniy ishlab, yashashni afzal bilishmoqda. Noqonuniy vaziyatlarga ularni turli holatlar majburlaydi, deydi Xursheda Hamroqulova.
“Ayrim vijdonsiz ish beruvchilarga migrantlar umuman haq-huquqlaridan mahrum qilingani foydali. Agar xorijlik Rossiyada qonuniy boʻlsa, kompaniyalarning ular bilan shartnoma tuzishi, soliq toʻlashlari lozim. Menga tez-tez aldangan vatandoshlar murojaat qilib turishadi. Ular bir necha oylab noqonuniy ishlashgan, natijada esa umuman haq olishmagan”, - deya misol keltiradi Tojik madaniyati markazi rahbari.
U qoʻlda mehnat shartnomasiga ega boʻlmay turib, xorijlikni chuv tushirishganini isbotlash juda mushkul ekanini aytadi. Biroq Rossiyada bu muammoni hal etishga harakat qilishmoqda. Masalan, Sankt-Peterburgda migrantlarga elektron ID-kartalar beriladi. Uning yordamida vatanga past komissiya bilan pul joʻnatish mumkin. Ish beruvchilarga ham bunday vosita bilan “qora” maoshni toʻlash qiyinroq.
Kojenov Vadim, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Migratsiya
Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya boʻldi – Kojenov
Shunaqa identifikatsiya kartalarini butun Rossiya boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda. Ularda shaxsiy maʼlumotlar, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya, ish beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soliq toʻlovlari, mehnat stashi, qoidabuzarliklar, jarimalar elektron tarzda kiritiladi.
Xorijliklar bunday kartaga ega boʻlib, elektron patent asosida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ishga yollanishlari mumkin.
Ammo atayin qonuniy boʻlmayotgan migrantlar toifasi ham bor, deydi Esoyev.
“Kimdir tejaydi, patent toʻlashni istamaydi. Oʻylashadiki, 5-7 oy ishlab, uyga pul joʻnataman va qaytaman. Shaxsiy buyurtmalarni bajarayotganlar ham bor, dacha qishloqlarida yashab, u yerdan hech qayoqqa chiqishmaydi”, - deya hikoya qiladi u.
Rossiya poytaxtida migrantlar uchun patent toʻlovi 5341 rubl, Moskva viloyatida – 5092 rubl, Voronej viloyatida – 4943 rubl, Irkutsk viloyatida – 5605 rublni tashkil etadi.
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Migratsiya
Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan oʻzbekistonliklar soni 42% kamaydi
Xursheda Hamroqulova Rossiya koʻproq migrantlar qonuniy boʻlishidan manfaatdor ekanini taʼkidlaydi, shuning uchun ularga Rossiyada shunaqanki qulay sharoitlar taqdim etilmoqda.
“Menga qurilish, mashina yuvish, yetkazib berish sohasidagi turli kompaniyalar ishchi yuborishni soʻrab, murojaat qilishadi. Chunki ishchilar yetishmaydi”, - deydi u.
Rossiya IIV maʼlumotlariga koʻra, agar mamlakatda pandemiyaga qadar 11 millionga yaqin migrantlar boʻlgan boʻlsa, 2020 yil oxiriga kelib ular soni 6 milliongacha qisqardi. Joriy yil bahorida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov qurilish va qishloq xoʻjaligi sohalarida migrantlar yetishmayotganligi kuzatilyotgani haqida gapirgandi.

Migrantlar uchun sharoitlar yaxshiroq boʻladi

Rossiyada 2025 yilga kelib migratsiya qonunchiligini toʻliq isloh qilishmoqchi.
IIV tayyorlayotgan federal qonun soliqqa tortish, patent olish, ish haqida miqlri va Rossiyaga ishlashga keluvchilarning roʻyxatdan oʻtishining yangi yondashuvini nazarda tutadi.
Oʻzgarishlar xorijliklarning ishga joylashidagi noqonuniy sxemalarni ildizi bilan yoʻq qilishga qaratilgan. Barcha migrantlar yagona maʼlumotlar bazasida hisobga olinadi. Boz ustiga chet ellik ishchining maoshi aniq bilan mintaqadagi ushbu toifa ishchilarining oʻrtacha ish haqi miqdoriga teng boʻladi.
Situatsiya vozle Yedinogo migratsionnogo tsentra Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Migratsiya
Migrantlar uchun nimalar oʻzgaradi? RF IIV asosiy takliflari
Abdusattor Esoyev yangi qonun joriy etilishi bilan bir necha marta qonunbuzarlik sodir etgan fuqarolar noqonuniy maqomi ostiga tushmasligiga umid bildirdi, masalan, oʻz vaqtida toʻlanmagan patent.
“Hozir ikki yil ichida uchta maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar chiqarib yuborilishi yoki kirishlariga taqiq qoʻyilishi mumkin. Masalan, uch marta tezlikni oshirganlik uchun”, - deya tushuntiradi Esoyev.
Migrantlar toʻgʻrisidagi yangi federal qonuni loyihasi IIV tomonidan 2021 yilning oxirida hukumatning koʻrib chiqishiga taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala