Maqomingizni qonuniylashtiring: Rossiyaga migrantlar kerak

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan 30-sentabrga qadar migrantlarning vaqtincha bo‘lish muddati uzaytirildi. Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.
Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil apreli o‘rtalarida Rossiya hududida bir milliondan ziyod MDHdan bo‘lgan fuqarolar noqonuniy bo‘lib turishgan. Necha kishi maqomini qonuniylashtirishga muvaffaq bo‘ldi, nega migrantlar soyada qolishni afzal bilishmoqda va Rossiya xorijliklarning ishi va hayoti uchun qanday qulay sharoitlarni muhayyo qilmoqda – batafsil Sputnik maqolasida.
Migranti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Putin migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada bo‘lishga ruxsat berdi

Uch oy ichida ulgurmoq zarur

“30 sentabrga qadar barcha xohlovchilar qonuniy bo‘liga ulguradimi yoki yo‘q, bu tegishli tuzilmalar ishiga bog‘liq. Avval migrantlarning hujjatlarini rasmiylashtirish uchun katta-katta navbatlarga turishlariga to‘g‘ri kelardi. Fikrimcha, uch oy yetarli, agar ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilsa”, - deb hisoblaydi Tojik madaniyat markazi raisi Xursheda Hamroqulova.
Vladimir Putinning farmoniga qadar 15-iyun xorijliklar qonuniy bo‘la oladigan oxirgi sana edi.
Rossiya migratsiya markazlarida turnaqator navbatlar kuzatildi. Hujjat olish istagida bo‘lgan migrantlar oqimi mayda boshlandi, deya ma’lum qildi Moskvadagi Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot burosi direktori Abdusattor Esoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Saxarovo” migratsiya markazida hujjatlarini rasmiylashtirish istagida bo‘lganlar soni kuniga rekord 41 ming kishigacha yetgan. Jumladan, elchixonalar va diaspora tashkilotlarining o‘z vatandoshlar o‘rtasida faol tushuntirish ishlari olib borishi va ularni hujjatlarini rasmiylashtirishga chaqirishi migrantlar oqimining ko‘p bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Mer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Rossiya IIV migrantlar to‘g‘risida farmon yuzasidan sharh berdi
Esoyev Rossiya pandemiya davrida Rossiya hukumati tomonidan chet elliklarga nisbatan qabul qilgan choralar o‘ta insonparvarcha bo‘lganini qayd etdi.
2020 yil bahorida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin qator yengilliklar berdi. Natijada xorijliklarga 2021-yil 15-iyunga qadar hujjatlarini uzaytirmaslikka ijozat berildi.
Shu davr mobaynida ish beruvchilarga xorijliklarni ishlashga ruxsat beruvchi hujjatsiz ishga yollash imkoni berildi. Rossiyadan chiqarib yuborishga qo‘yilgan moratoriy bir necha marta uzaytirildi.

Rossiyaga migrantlar kerak

Migrantlar Rossiyada qonuniy ishlab, yashashni afzal bilishmoqda. Noqonuniy vaziyatlarga ularni turli holatlar majburlaydi, deydi Xursheda Hamroqulova.
“Ayrim vijdonsiz ish beruvchilarga migrantlar umuman haq-huquqlaridan mahrum qilingani foydali. Agar xorijlik Rossiyada qonuniy bo‘lsa, kompaniyalarning ular bilan shartnoma tuzishi, soliq to‘lashlari lozim. Menga tez-tez aldangan vatandoshlar murojaat qilib turishadi. Ular bir necha oylab noqonuniy ishlashgan, natijada esa umuman haq olishmagan”, - deya misol keltiradi Tojik madaniyati markazi rahbari.
U qo‘lda mehnat shartnomasiga ega bo‘lmay turib, xorijlikni chuv tushirishganini isbotlash juda mushkul ekanini aytadi. Biroq Rossiyada bu muammoni hal etishga harakat qilishmoqda. Masalan, Sankt-Peterburgda migrantlarga elektron ID-kartalar beriladi. Uning yordamida vatanga past komissiya bilan pul jo‘natish mumkin. Ish beruvchilarga ham bunday vosita bilan “qora” maoshni to‘lash qiyinroq.
Kojenov Vadim, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya bo‘ldi – Kojenov
Shunaqa identifikatsiya kartalarini butun Rossiya bo‘ylab joriy etish rejalashtirilmoqda. Ularda shaxsiy ma’lumotlar, ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziya, ish beruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, soliq to‘lovlari, mehnat stashi, qoidabuzarliklar, jarimalar elektron tarzda kiritiladi.
Xorijliklar bunday kartaga ega bo‘lib, elektron patent asosida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ishga yollanishlari mumkin.
Ammo atayin qonuniy bo‘lmayotgan migrantlar toifasi ham bor, deydi Esoyev.
“Kimdir tejaydi, patent to‘lashni istamaydi. O‘ylashadiki, 5-7 oy ishlab, uyga pul jo‘nataman va qaytaman. Shaxsiy buyurtmalarni bajarayotganlar ham bor, dacha qishloqlarida yashab, u yerdan hech qayoqqa chiqishmaydi”, - deya hikoya qiladi u.
Rossiya poytaxtida migrantlar uchun patent to‘lovi 5341 rubl, Moskva viloyatida – 5092 rubl, Voronej viloyatida – 4943 rubl, Irkutsk viloyatida – 5605 rublni tashkil etadi.
Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan o‘zbekistonliklar soni 42% kamaydi
Xursheda Hamroqulova Rossiya ko‘proq migrantlar qonuniy bo‘lishidan manfaatdor ekanini ta’kidlaydi, shuning uchun ularga Rossiyada shunaqanki qulay sharoitlar taqdim etilmoqda.
“Menga qurilish, mashina yuvish, yetkazib berish sohasidagi turli kompaniyalar ishchi yuborishni so‘rab, murojaat qilishadi. Chunki ishchilar yetishmaydi”, - deydi u.
Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, agar mamlakatda pandemiyaga qadar 11 millionga yaqin migrantlar bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yil oxiriga kelib ular soni 6 milliongacha qisqardi. Joriy yil bahorida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalarida migrantlar yetishmayotganligi kuzatilotgani haqida gapirgandi.

Migrantlar uchun sharoitlar yaxshiroq bo‘ladi

Rossiyada 2025-yilga kelib migratsiya qonunchiligini to‘liq isloh qilishmoqchi.
IIV tayyorlayotgan federal qonun soliqqa tortish, patent olish, ish haqida miqlri va Rossiyaga ishlashga keluvchilarning ro‘yxatdan o‘tishining yangi yondashuvini nazarda tutadi.
O‘zgarishlar xorijliklarning ishga joylashidagi noqonuniy sxemalarni ildizi bilan yo‘q qilishga qaratilgan. Barcha migrantlar yagona ma’lumotlar bazasida hisobga olinadi. Boz ustiga chet ellik ishchining maoshi aniq bilan mintaqadagi ushbu toifa ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdoriga teng bo‘ladi.
Situatsiya vozle Yedinogo migratsionnogo sentra Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Migrantlar uchun nimalar o‘zgaradi? RF IIV asosiy takliflari
Abdusattor Esoyev yangi qonun joriy etilishi bilan bir necha marta qonunbuzarlik sodir etgan fuqarolar noqonuniy maqomi ostiga tushmasligiga umid bildirdi, masalan, o‘z vaqtida to‘lanmagan patent.
“Hozir ikki yil ichida uchta ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar chiqarib yuborilishi yoki kirishlariga taqiq qo‘yilishi mumkin. Masalan, uch marta tezlikni oshirganlik uchun”, - deya tushuntiradi Esoyev.
Migrantlar to‘g‘risidagi yangi federal qonuni loyihasi IIV tomonidan 2021-yilning oxirida hukumatning ko‘rib chiqishiga taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0