Oliy ta’lim sifati bozor talabiga javob bermaydi – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSoveshanie po sovershenstvovaniyu sistemi visshego obrazovaniya
Soveshanie po sovershenstvovaniyu sistemi visshego obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Ta’lim sifatini oshirish uchun - oliygohlar boshqaruv kengashi vakolatlari oshiriladi, har bir kafedradan yosh olimlar xorijga stajirovkaga yuboriladi.
TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan majlisda oliy ta’lim sohasidagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi.
Majlisda oliy ta’limning zamonaviy ehtiyojlarga javob bermasligi tanqid qilindi.
Xususan, bugun xizmat ko‘rsatish sohasida 40 mingta, sanoatda 38 mingta, qurilishda 12 mingta, qishloq xo‘jaligida 10 mingta, aloqa va axborot texnologiyalarida 4 mingta oliy ma’lumot talab etadigan bo‘sh ish o‘rinlari bor, lekin bitiruvchilar son jihatidan ham, malaka bo‘yicha ham bu talabni qondira olmaydi.
Ushbu tafovut kelib chiqishida tizimda mavjud quyidagi muammolar sabab bo‘lgani qayd etildi:
oliy ta’limning 815 ta yo‘nalishning 55 % mehnat bozori talablariga javob bermaydi, 2 mingga yaqin fanlar bo‘yicha darsliklar yetishmaydi;
O‘quv dasturlarining ayrimlari 40-yil oldin tuzilgani va zamon talablariga javob bermaydi;
Ayrim OTMlarda o‘quv dasturlari mehnat va bozor talablariga emas, professor o‘qituvchilarga moslashtirilgani va oqibatda talabalarga keraksiz fanlar o‘rgatilmoqda;
Ayrim OTMlar o‘qituvchilar tarkibida professor va boshqa yuqori ilmiy unvonli kadrlar ulushi 25%ga ham yetmaydi;
Muammolarni hal qilish uchun quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berildi:
1.
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish.
2.
O‘quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o‘z ustida ishlashi uchun muhit yaratish.
3.
Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish.
4.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali burokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
Bu vazifalarni samarali bajarish uchun oliy ta’lim muassasalariga akademik va tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilishi ta’kidlandi.
Ya’ni, bundan buyon, o‘quv rejasi va adabiyotlar, fan dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi hamda ta’lim shakllarini belgilashni oliygoh boshqaruv kengashining o‘zi hal qiladi.
Endi har bir kafedraning faoliyati uning ilmiy salohiyati va yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi.
Ilmiy rahbarlarga 5 tagacha doktorant va 3 tagacha mustaqil izlanuvchi olish huquqi beriladi. Shuningdek, har bir kafedraning bir nafardan yosh olimini xorijga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0