O‘zbekiston bilan savdo aylanmasini foizga emas, barobariga oshiramiz – Minnixanov

© Ramiz BaxtiyarovVizit glavi Tatarstana Rustama Minnixanova v Uzbekistan
Vizit glavi Tatarstana Rustama Minnixanova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Tatariston O‘zbekiston bilan mashinasozlik, neftni qayta ishlash, gidroenergetika obyektlari qurish va modernizatsiya qilish yo‘nalishlarida hamkorlik qilishi mumkin.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Tatariston – O‘zbekiston” biznes forumi doirasida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga jiddiy kirishishini ma’lum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“So‘nggi yillarda respublikalarimiz orasida aloqalar juda ildam rivojlanmoqda: men sizning ajoyib o‘lkangizga keldim, prezident va bosh vazir bilan uchrashdim. Ushbu tashriflar hamkorlik qilish uchun juda muhim impuls berdi. O‘z navbatida bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosari va hokimlar boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyalari ham Tataristonga bir necha bor tashrif buyurishdi”, - dedi Minnixanov.
Tatariston va O‘zbekiston orasidagi munosabatlar 1993-yilda imzolangan hukumatlararo kelishuv va 1998-yilda imzolangan do‘stlik va hamkorlik munosabatlari haqidagi shartnomalarga asoslangan. Qozon Toshkentning birodarlashgan shahriga aylandi.
O‘zbekiston, Tatariston vakolatxonasi paydo bo‘lgan birinchi respublikalardan biri bo‘ldi. Qozonda O‘zbekistonning bosh konsulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikalar orasida aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Minnixanov aytishiga qaraganda, o‘tgan yilda respublikalar orasida savdo aylanmasi biroz kamaygan bo‘lsada bu yil boshidan buyon o‘sish kuzatilmoqda. Lekin ushbu raqamlar foizga emas bir necha barobar oshirilishi mumkin. Buning uchun faol ishlash kerak.
Rustam Minnixanov pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Tataristonda O‘zbekiston savdo vakolatxonasi ochiladi - Umurzakov
Masalan KAMAZ kompaniyasi Toshkentda avtomarkaz ochib, texnika jamlash liniyasini ishga tushirgan. “Tatneft” kompaniyasi ham respublika hududida AYoQShlar tarmog‘i qurish hamda neft qazib olish va qayta ishlash loyihalarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek Toshkent viloyatida agrosanoat majmuasi sohasida hamkorlik qilinmoqda. Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda gazmotor yonilg‘isi yaratish rejalashtirilmoqda.
Undan tashqari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik sohalarida tajriba almashish haqida ham kelishib olingan.
"Biz, O‘zbekiston bilan mashinasozlik, O‘zbekistonga MI vertolotlarini yetkazib berish, sohalarida ham hamkorlik qilishdan manfaatdormiz. Undan tashqari bizda energetika va gidroenergetika obyektlari qurish va modernizatsiya qilishda ulkan tajriba bor. Ushbu yo‘nalishda ham birga ishlashimiz mumkin", — dedi Tatarston rahbari.
O‘zbekiston kompaniyalari Tataristonga yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkzib berishi mumkin. Ushbu maqsadlarda logistika parki qurish masalasini kelishib oldik. Bu juda talabgir loyiha bo‘lib respublikalar orasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berish masalasini hal qiladi, dedi Minnixanov.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 16 -17 iyun kunlari O‘zbekiston – Tatariston biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi ishtirok etmoqda. Biznes forum doirasida “Made in Tataristan" nomli tataristonlik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0