Prezident tashrifi Izboskan tumani chekka qishlog‘idan boshlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti
Prezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi, - Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga amalga oshirilayotgan safarini Izboskan tumanining chekka qishlog‘idan boshladi.
Qo‘g‘ay mahallasi - eng chekka hududlardan biri bo‘lishiga qaramasdan bu yerda zamonavis “And gold” tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushirilgan.
Umumiy qiymati 2,5 million dollar sarmoya hisobiga korxonaning yangi binosi qurilib, zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan.
Korxona 1200 kishini ish bilan ta’minlash va yiliga 3,5 mln dollarlik mahsulot eksport qilish quvvatiga ega.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti
Prezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Prezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti
Ayni damda korxona 830 nafar xotin-qizlarni ishga jalb qilgan hamda Rossiya va Xitoy bilan kalava ip yetkazib berish bo‘ycha shartnoma imzolagan.
- Sizlarga o‘zimning hurmatimni, muhabbatimni bildiraman. O‘zlaringiz yashaydigan qishloqda ishli bo‘lganlaringizdan xursandman. Qachon Izboskanda mana shunday zamonaviy korxona bo‘lgan? Bu ishlarni yana davom ettiramiz. Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ushbu zamonaviy korxona binosida Andijon viloyatida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti
Prezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Prezident Uzbekistana posetil shveyno-trikotajnoe predpriyatie And gold v Izbaskanskom rayone Andijanskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0