Jamiyat

"Tanganing ikkinchi tomoni bor": IIV bolali ayollarga nega kuch ishlatilganiga izoh berdi

© SputnikPoproshayki v Tashkente
Poproshayki v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
IIV xodimlari fuqarolarning shaxsini aniqlash uchun ular ichki ishlar boʻlimiga taklif qilganda, ayollardan biri javobgarlikdan qochish uchun baqirishga, atrofdagilarning eʼtiborini jalb qilishga kirishgan.
TOSHKENT, 17 iyun - Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Ichki ishlar xodimlari bolali ayolga vahshiylarcha kuch ishlatdi" sarlavhasi ostida video tarqatildi. Mazkur fakt boʻyicha IIV rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, holat kuni kecha soat 10:30 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasida yuz bergan.
Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Erjan Djiyanbekov va katta serjant Mansur Oripov tilanchilik bilan shugʻullanib, fuqarolarning rahmini keltirish maqsadida goʻdaklardan foydalanayotgan bir nechta ayollarni koʻrib qolishgan. Shu bilan birga, ayollar oʻzlarini va farzandlarini hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qoʻyib, avtomobil harakati yoʻliga chiqishgan.
Poproshayki v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2020
Analitika
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar
Fuqarolarning shaxslarini aniqlash uchun ular ichki ishlar boʻlimiga taklif qilinganlar, ammo ulardan biri javobgarlikdan qochish uchun baqirishga, qarshilik koʻrsatishga kirishib, atrofdagilarning eʼtiborini jalb qilishga harakat qilgan.
Eʼtibor bering, tarmoqda tarqatilayotgan videoda holat toʻliq koʻrsatilmasdan, balandparvoz sarlavha qoʻyilgan xolos. Bu orqali huquqni muhofaza qilish organlarining tilanchilik bilan shugʻullanadigan odamlarning "qurollariga" aylangan voyaga yetmaganlarni himoya qilish yoʻnalishidagi faoliyatlari haqida notoʻgʻri tasavvur hosil boʻlishi mumkin.
IIV bayonotiga koʻra, videodagi ayol bilan oldin ham bir necha bor profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan. Fuqaro ilgari ham tilanchilik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik koʻzda tutilganligi haqida ogohlantirilgan. Suhbatlar davomida unga bir necha bor ishga joylashishda yordam taklif qilingan, ammo u halol mehnat qilishning oʻrniga jazirama issiqda farzandini qiynab tilanchilik qilish yoʻlini tanlagan.
Shu oʻrinda IIV blogerlarga murojaat qilib, "balandparvoz sarlavhalar yozishdan oldin, goʻdaklarning hayoti haqida oʻylab koʻrishni" maslahat bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala