"Tanganing ikkinchi tomoni bor": IIV bolali ayollarga nega kuch ishlatilganiga izoh berdi

© SputnikPoproshayki v Tashkente
Poproshayki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
IIV xodimlari fuqarolarning shaxsini aniqlash uchun ular ichki ishlar bo‘limiga taklif qilganda, ayollardan biri javobgarlikdan qochish uchun baqirishga, atrofdagilarning e’tiborini jalb qilishga kirishgan.
TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Ichki ishlar xodimlari bolali ayolga vahshiylarcha kuch ishlatdi" sarlavhasi ostida video tarqatildi. Mazkur fakt bo‘yicha IIV rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, holat kuni kecha soat 10:30 atrofida Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida yuz bergan.
Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Erjan Djiyanbekov va katta serjant Mansur Oripov tilanchilik bilan shug‘ullanib, fuqarolarning rahmini keltirish maqsadida go‘daklardan foydalanayotgan bir nechta ayollarni ko‘rib qolishgan. Shu bilan birga, ayollar o‘zlarini va farzandlarini hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qo‘yib, avtomobil harakati yo‘liga chiqishgan.
Poproshayki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2020
“Tilanchilar makoni”: poytaxtdagi jamoat joylaridagi tilanchilar hayotiga nazar
Fuqarolarning shaxslarini aniqlash uchun ular ichki ishlar bo‘limiga taklif qilinganlar, ammo ulardan biri javobgarlikdan qochish uchun baqirishga, qarshilik ko‘rsatishga kirishib, atrofdagilarning e’tiborini jalb qilishga harakat qilgan.
E’tibor bering, tarmoqda tarqatilayotgan videoda holat to‘liq ko‘rsatilmasdan, balandparvoz sarlavha qo‘yilgan xolos. Bu orqali huquqni muhofaza qilish organlarining tilanchilik bilan shug‘ullanadigan odamlarning "qurollariga" aylangan voyaga yetmaganlarni himoya qilish yo‘nalishidagi faoliyatlari haqida noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishi mumkin.
IIV bayonotiga ko‘ra, videodagi ayol bilan oldin ham bir necha bor profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Fuqaro ilgari ham tilanchilik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganligi haqida ogohlantirilgan. Suhbatlar davomida unga bir necha bor ishga joylashishda yordam taklif qilingan, ammo u halol mehnat qilishning o‘rniga jazirama issiqda farzandini qiynab tilanchilik qilish yo‘lini tanlagan.
Shu o‘rinda IIV blogerlarga murojaat qilib, "balandparvoz sarlavhalar yozishdan oldin, go‘daklarning hayoti haqida o‘ylab ko‘rishni" maslahat bergan.
Yangiliklar lentasi
0