Abdulaziz Kamilov Turkiyaga tashrif buyuradi

© AFP 2023 / OZAN KOSEFlag Tursii
Flag Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
Antaliyada "Innovatsion diplomatiya: yangi era, yangi yondashuvlar" mavzusida bolib o‘tadigan diplomatik forumda Turkiya prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda
TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston delegatsiyasi 18-19 iyun kunlari Antalyada bo‘lib o‘tadigan "Innovatsion diplomatiya: yangi era, yangi yondashuvlar" mavzusida bshlib o‘tadigan diplomatik forumda ishtirok etadi.
Shuningdek, Forum doirasida o‘zbekistonlik diplomatlar qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni ham rejalashtirishgan.
Turk manbaalari xabariga ko‘ra, forumda turli mamlakatlar TIV rahbarlari, olimlar, OAV vakillari va talabalar ishtirok etadi. Shuningek, Turkiya prezidenti Toyyib Rajab Erdo‘g‘on ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun tartibida dunyo dplomatiyasi, diplomatiya ishida yangi yondashuvlar, tajriba almashish va boshqa masalalar qo‘yilgan. Xorijiy mehmonlarning Antaliyaning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishi ham kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0