Qoraqalpog‘istonda korrupsiya o‘tgan yilgiga nisbatan 2 barobarga oshgan

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPeredacha portfelya iz ruk v ruki
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
2021 yilning 5 oyi davomida Qoraqalpog‘istondagi 92 nafar turli darajadagi mansabdor shaxslar fuqaro korrupsiya bilan bog‘liq turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. 2021 yil 18-iyun kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Senat matbuot-xizmati.
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Aholining 83 foizidan ziyodi O‘zbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi – so‘rov natijalari
Qoraqalpog‘istonda korrupsion va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2020-yilda 90 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021-yilning atigi 5 oyi davomida 97 tani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.
Qayd etish joizki, 2021-yilning 5 oyi davomida Qoraqalpog‘istondagi 92 nafar turli darajadagi mansabdor shaxslar (2020 yilda 54) , 20 nafar soha xodimlari (2020 yilda 17ta) 13 (2020 yilda 31) nafar fuqaro korrupsiya bilan bog‘liq turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Majlisda idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, korrupsiyaga qarshi choralarni oshkor etishni ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ichki nazorat va ichki auditni yo‘lga qo‘yishni ta’minlash, davlat organlari xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0