Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlaydi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishKabul
Kabul - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Obuna bo‘lish
Bayden va Erdog‘an AQSh Afg‘onistonni tark etishi bilan Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashiga kelishib oldilar
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Turkiya AQSh Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni rejalashtirmoqda, deb bayonot qildi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya AQSh Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni rejalashtirmoqda.
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarning yarmidan ko‘pi chiqarilgani haqida bayonot berdi
Uning aytishicha, o‘tgan hafta uchrashuvda ikki davlat prezidentlari Jo Bayden va Toyib Erdog‘an aynan shu haqda gaplashishgan.
"Ular operatsiya yakunlanishi bilan aeroport muhofazasi bo‘yicha potensial missiya tafsilotlarini muhokama qilishdi… Prezident Erdog‘an yordam kerakligiga shama iildi va prezident Bayden ushbu ko‘mak albatta ko‘rsatilishini aytdi… Ishonchimiz komilki, Turkiya Xamid Karzay nomidagi (qobul) aeroporti xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi", - degan Sallivan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya o‘z rejalarini amalga oshira olmagan taqdirda, AQSh ishning bunday rivoj topishiga ham reja tuzib qo‘ygan.
Yangiliklar lentasi
0