Ertaga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi

© Press-slujba xokimiyata Buxarskoy oblastiAbituriyenti gotovatsya sdavat vstupitelnie ekzameni
Abituriyenti gotovatsya sdavat vstupitelnie ekzameni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2021
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ertaga 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.
Soveshanie po sovershenstvovaniyu sistemi visshego obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Oliy ta’lim sifati bozor talabiga javob bermaydi – prezident
Bunda,
— abituriyent telefon raqami avtorizatsiyadan o‘tkaziladi;
— pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi;
— imtiyozlari mavjud bo‘lsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlari kiritiladi.
Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.
Perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Birinchi sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0