O‘zbekistonda koronavirus: barcha hududlarda yangi holatlar, bir kishi vafot etdi

© Iz lichnogo arxiva Olgi BogushVrach-pulmonolog Olga Bogush
Vrach-pulmonolog Olga Bogush - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 391 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 834 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 391 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105 610 nafarni tashkil qilmoqda.
Gospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Rossiya mudofaa vazirligi kovidga qarshi saqich shaklidagi vaksinani yaratishga kirishdi
Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (13), Andijon viloyatida (8), Buxoro viloyatida (12), Jizzax viloyatida (27), Qashqadaryo viloyatida (5), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (7), Samarqand viloyatida (60), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (66), Farg‘ona viloyatida (5), Xorazm viloyatida (5), Toshkent viloyatida (45), Toshkent shahrida (132) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 101 311 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
Ayni paytda 3 581 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Prezentatsiya poyezda metro novogo pokoleniya Moskva-2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Moskvada migrantlarni “Sputnik Layt” bilan emlash boshlanadi – Sobanin

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan bir nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 718 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 177,4 milliondan oshdi, 3,8 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,5 mln), Hindistonda (29,7 mln), Braziliyada (17,7 mln).
Yangiliklar lentasi
0