Tatariston delegatsiyasi Chirchiq shahriga keldi

© Press-slujba xokimiyata Toshkentskoy oblasti Delegatsiya Tatarstana posetila Nauchniy sentr proizvodstva redkix metallov i tverdix splavov
Delegatsiya Tatarstana posetila Nauchniy sentr proizvodstva redkix metallov i tverdix splavov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2021
Obuna bo‘lish
Tatariston delegatsiyasi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy markaziga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Ayni vaqtda Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Savdo va sanoat vaziri Albert Anvarovich Karimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov hamrohligida Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati bilan tanishdi.
Majmuada 2021-yilning yanvar-may holatiga ko‘ra, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasini 145,2 foizga bajarilgan. O‘sish sur’ati esa 109,8 foizni tashkil etgan.
Sotrudnichestvo Uzbekistana i Tatarstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
O‘zbekiston va Tatariston aloqalari
Shu bilan birga, bu yil birlashma mehnat jamoasi oldiga 714,3 tonna olovga bardoshli keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, may oyiga qadar mahsulot tayyorlash rejasi 109,8 foizga bajarildi.
Bundan tashqari, 90,4 tonna molibden metali ishlab chiqarilib, amaldagi reja 116,5 foizga yetgan.
Uchrashuvda tomonlar hududda savdo-logistik tarmog‘ini rivojlantirish, metall, qurilish materiallari ishlab chiqarish, texnologik korxonalar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0