Sport

Toshkentda Xalqaro yoga kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkaziladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishFestival svobodnogo tvorchestva "Pustыe xolmы"
Festival svobodnogo tvorchestva Pustыe xolmы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2021
Toshkentdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Eko-parkda Xalqaro yoga kuniga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. 20 iyun kuni Toshkentdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Eko-parkda Xalqaro yoga kuniga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shu kuni soat 7:00dan 17:00gacha Eko-parkda turli tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Festival doirasida xalqaro yoga ustalarining maʼruzalari va amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtadi. Shuningdek, Art of Leaving nafas olish amaliyoti boʻyicha master-klass oʻtkaziladi va musiqiy meditatsiya tashkil etiladi.
Bunga parallel ravishda, psixologiya va oʻzini rivojlantirish boʻyicha professional trenerlar tomonidan mahorat darslari ham oʻtkaziladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Yoga federatsiyasi oʻtgan yili tashkil etilgan edi. Yangi tashkil etilgan federatsiyaning raisi etib Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev saylangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala