Sport

Vadim Abramov Oʻzbekiston MTJ bosh murabbiyligidan ketdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavnыy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2021
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Vadim Abramov oʻz lavozimini tark etdi.
TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini 2019 yil sentyabridan buyon boshqarib kelayotgan Vadim Abramov oʻz lavozimini tark etdi.
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari kongressi boʻlib oʻtdi. Unda OʻFAning raisi Abdusalom Azizov Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.
Match sbornыx Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Sport
"Umid lankadanmi?": Oʻzbekiston terma jamoasi magʻlubiyati internetda qanday qarshi olindi
Azizovning soʻzlariga koʻra, hujjatda milliy terma jamoa JCH-2022 musobaqasining uchinchi bosqichiga oʻtishi kerakligi koʻrsatilgan edi.
Shuningdek, yigʻilishda 33 yoshli Odil Ahmedov Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Futbol boʻyicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi oʻyinda 0:3 hisobida magʻlub boʻlgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala