Jamiyat

Vaktsina bepushtlikka olib kelishi mumkinmi - Gintsburg javobi

Beremennaya jenщina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2021
“Sputnik V” vaktsinasidagi adenovirus 26 va adenovirus 5 asosida ishlab chiqarilgan.
TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini kiritish kelajakda bepushtlik keltirib chiqarish bilan tahdid solmaydi, chunki bu preparat insoniyat uzoq vaqt davomida yashab kelayotgan adenovirus asosida ishlab chiqarilgan, deb aytdi Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg.
Gospital COVID-19 v GKB № 15 imeni O. M. Filatova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Rossiya
Rossiya mudofaa vazirligi kovidga qarshi saqich shaklidagi vaktsinani yaratishga kirishdi
"Evolyutsiya nuqtai nazaridan ham, zamonaviy tibbiyotning eng yaqin kuzatuvlari nuqtai nazaridan ham vaktsina salbiy taʼsir koʻrsatmaydi", - dedi Gintsburg.
U “Sputnik V” vaktsinasidagi " I komponent" va "II komponent" adenovirus 26 va adenovirus 5 asosida ishlab chiqarilganligini, ularning ikkalasi ham odam populyatsiyasida juda uzoq vaqt davomida paydo boʻlganligini taʼkidladi.
"Biz bilganimizdek, bu vaqt ichida insoniyat 7,5 milliardga koʻpaydi. Bu ikki virus haqida hech kimda hech qachon shubha paydo boʻlmagan, ular organizmizda mavjud boʻlgan va biz oʻpka, oʻtkir respiratorli infektsiya shaklida oʻnlab marta turli darajada yuqtirib olganmiz. Bu bepushtlik va boshqa reproduktiv jarayonlarga olib kelganmi? Hech qachon tibbiy protokollarda bu aniqlanmagan", - dedi Gintsburg.
2020 yil avgust oyida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan yaratilgan COVID-19ning oldini olishga qaratilgan dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazdi. Unga "Sputnik V" deb nom berildi. Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi Rospotrebnadzor "Vektor" markazi "EpiVakKorona", Rossiya Fanlar akademiyasi Chumakov nomidagi markazi "KoviVak" vaktsinalari yaratildi. May oyi boshida 4-chi "Sputnik Layt" vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlum boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala