Abdusalom Azizov: ayrimlar futbolni biznes qilib oldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaPredsedatel Assotsiatsii futbola Uzbekistana Abdusalom Azizov
Predsedatel Assotsiatsii futbola Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘FA rahbari Abdusalom Azizov o‘zbek futbolidagi muammolarga to‘xtaldi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘FA rahbari Abdusalom Azizov so‘zga chiqib, o‘zbek futbolidagi muammolarga to‘xtaldi.
Biz futbolda ko‘p narsani yo‘qotdik. Yo‘qotish qaysi ma’nodaki, ayrimlar buni biznes qilib oldi. Bu narsa bolalar futbol maktablaridan boshlangan. Iqtidorlar emas, kimdir kimningdir iltimosi bilan maktabga qabul qilinadi. Eng katta kamchiligimiz jamoalarga tanlovlarda bo‘lyapti, tayyorgarlik tizimida bo‘lyapti, ijodiy yondashuv yo‘qligida bo‘lyapti.
Abdusalom Azizov
O‘FA rahbari
Uning so‘zlariga ko‘ra, murabbiy bu — ijodkor. Jamoani faqat ijodiy tomondan yuksaltiradigan shaxs. Lekin bizni futbolda murabbiy — o‘zi menejer, o‘zi ma’mur.
“Kerak bo‘lsa o‘zi mehmonxona buyurtma qiladi, o‘zi transport topadi, pullarni o‘zi taqsimlaydi. Hammasi shunga yopishib olgan. Bundan keyin klublarda murabbiylik alohida va ma’muriy menejment alohida tashkil qiladi. O‘FA buni nazoratga oladi”, - deya ta’kidladi Azizov. Uning so‘zlaridan "Daryo" nashri iqtibos keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z lavozimini tark etgani xabar qilingan edi. Shuningdek, jamoa sardori Odil Ahmedov terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Yangiliklar lentasi
0