Jamiyat

Andijonda prezident tashrifidan keyin ekilgan daraxtlar nega kovlab olindi

© SS0 / Unsplash / D. Jameson RAGEDerevo, illyustrativnoye foto
Derevo, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
Hokimlik ijtimoiy tarmoqda tarqalgan va keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-18 iyun kunlari Andijon viloyatida xizmat safari bilan boʻldi.
Ertasi kuni ijtimoiy tarmoqlarda maxsus mashinalar manzarali daraxtlarni kovlab olib, boshqa boror bir yerga olib ketayotgani aks etgan video tarqaldi.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati video yuzasidan rasmiy munosbat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, tasvirda aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish boʻlimi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtga tasvirga tushirilgan.
“Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast yetmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga koʻchirib turilgan”, - deyilgan xabarda.
Yoʻlning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida qayta oʻtqazilgan koʻchatlarning yanada oʻsib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan. Bu ekologlar tavsiyasiga koʻra bajarilgan.
Hokimlik ayni paytda bu manzarali butalar yana oʻz joyiga qayta oʻtqazilganini urgʻulagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala