“Birgina jiddiy xato”: Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksda nokautga uchradi

© Instagram / bektemirmelikuzievBoksor Bektemir Melikuziyev
Boksor Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2021
Obuna bo‘lish
Texas shtatida o‘tkazilgan Meliqo‘ziyev—Rosado jangi atigi 3 raund davom etdi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Professional boksning supero‘rta vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik sportchi Bektemir Meliqo‘ziyev 8-jangida nokautga uchradi.
Jang AQShning Texas shtatida amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi bo‘lib o‘tdi. Bahsning ilk raundida Bektemir tashabbusni qo‘lga olib, ketma-ket zarbalar berdi. Raund oxirida Rosadoni nokdaun holatiga ham tushira oldi.
Ikkinchi raundda biroz tenglik kuzatildi va jangchilar o‘zaro zarbalar almashdilar. Uchinchi raundga kelib Meliqo‘ziyev hujumga o‘tgan bir vaqtda amerikalikning o‘ta kuchli o‘ng qo‘l zarbasini qabul qildi va chuqur nokaut holatiga tushdi. Bu xato unga shunday qimmatga tushdi.
Shu tariqa u professional boksda 8-jangida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Meliqo‘ziyev bunga qadar 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alabani nashidasini surgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bektemir Meliqo‘ziyev Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) tomonidan 4-yil muddatga sportdan chetlatilgan edi. Ammo bu professional boksdagi faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0