Eronda yangi prezident saylandi

© AFP / Atta KenareIbraxim Raisi
Ibraxim Raisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2021
Obuna bo‘lish
Eron sud hukumati rahbari Ibrohim Raisiy prezident saylovlarida g‘olib bo‘ldi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Eronda prezident saylovlarida mamlakat sud hukumati rahbari Ibrohim Raisiyning qo‘li baland keldi. Bu haqda televidenie orqali efirga uzatilgan matbuot anjumanida ichki ishlr vaziri Abdulriza Rahmani Fazliy ma’lum qildi.
Saylovlar 18-iyun kuni bo‘lib o‘tdi, oliy lavozim uchun to‘rt nomzod kurash olib bordi.
RIA Novostining yozishicha, Raisiy 17 926 345 ta ovoz olgan (61 foiz). Undan keyingi o‘rinlarda Muhsin Rizoiy (11,7 foiz), Adbulnosir Himmatiy (8,3 foiz), Husayn G‘ozizoda Hoshimiy (3,4 foiz).
3,7 milliontacha ovoz haqiqiy emas deb topilgan. Saylovlarda 59,3 million kishidan 28,3 million saylovchi ishtirok etgan.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s Ministrom inostrannix del Islamskoy Respubliki Iran Muxammadom Djavadom Zarifom, pribivshim v g.Tashkent s vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2021
Eron bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlik ildam rivojlanmoqda - Asadov
Ibrohim Raisiyni Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy g‘alaba bilan qutladi.
Ruhoniyning o‘zi saylovlarda ishtirok etmagandi, chunki uning bu lavozimdagi ikkinchi muddati o‘z poyoniga yetgandi.
Yangiliklar lentasi
0