Rossiya

Rossiya elchisi AQShga qaytmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishChrezvыchaynыy i polnomochnыy posol RF v SSHA Anatoliy Antonov
Chrezvыchaynыy i polnomochnыy posol RF v SSHA Anatoliy Antonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya avvalroq ikki tomonlama munosabat yomonlashgani sabab oʻz elchilarini chaqirib olgan edi.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Vashingtonga qaytmoqda, deya yozadi RIA Novosti.
Antonovning maʼlum qilishicha, u umid va ishonch bilan toʻlgan kayfiyatda va Vashingtondagi hamkasblari bilan konstruktiv hamkorlikka umid qilmoqda.
“Vladimir Putin va Jo Baydenning Jenevadagi uchrashuvi yakunlariga koʻra teng huquqli, pragmatik munosabatlarni yoʻlga qoʻyishda amerikalik hamkasblar bilan konstruktiv ishga umid qilmoqdaman. Ertaga, keyingi kunlar kabi, rejalar bor, uchrashuvlar tayinlangan. Katta ish kutib turibdi. Oldinga siljishga umid qilamiz”, - dedi Rossiya elchisi.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Kolumnistlar
”Putin AQSH prezidenti boʻlsin!”: Gʻarb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
Rossiya va AQSH prezidentlarining Jenevadagi kelishuvlariga koʻra, ilgari chaqirib olingan elchilarni qaytarish qarori qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala