Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidentiga tabrik yoʻlladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
Oʻzbekiston yetakchisi Ibrohim Raisiyga tabrik yoʻllab, mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiyni Eron Islom Respublikasi prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
“Davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik doʻst Oʻzbekiston va Eron xalqlarining manfaatlari yoʻlida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Eronda 18 iyun kuni prezident saylovi boʻlib oʻtdi. Unda Eron Oliy sudi raisi Ibrohim Raisiyning qoʻli baland keldi. Uning nomzodini yoqlab, saylovchilarning qariyb 62 foizi ovoz berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala