Taniqli aktrisa nomidan fuqaroni chuv tushirgan o‘quvchining kirdikori fosh etildi

Obuna bo‘lish
Fuqaroning Instagramʼdagi profiliga “Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” noma’lum profildan kelgan.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida aktrisa Asal Shodiyeva nomidan soxta akkaunt ochib, fuqaroni chuv tushirgan firibgar aniqlandi.
Firibgar samarqandlik maktab o‘quvchisi ekan, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
© Press-slujba MVD UzbekistanaZaderjanie A.A. — jitelya Samarkanda 2003 goda rojdeniya
Zaderjanie A.A. — jitelya Samarkanda 2003 goda rojdeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2021
Zaderjanie A.A. — jitelya Samarkanda 2003 goda rojdeniya
Xabarda bildirilishicha, 15-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida yashovchi fuqaro D.K. IIV bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, qizining Instagramʼdagi profiliga “Siz 200 000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” degan mazmundagi yozma xabarnoma kelgan. Xabarlar “giveaway-asal” va “asalshodieva_dar1t” noma’lum profildan kelgan.
Poproshayki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2021
Toshkentda lo‘li nafaqaxo‘r ayolni katta pulga chuv tushirib ketdi
Qiz yozishma jarayonida firibgarning aldovlariga ishonib, o‘ziga tegishli Uzcard bank kartasining kodi va parolini yozib bergan. Natijada bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 600 ming so‘m yo‘qolib qolgan.
Holat yuzasidan JKning “Firibgarlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 2003 y.t. fuqaro A.A. aniqlandi”, - deyilgan xabarda.
Hozirda ushbu fuqaroning boshqa turdosh jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
IIV fuqarolarni bank kartalarning kodi va parolini hech qanday sharoitda hech kimga ma’lum qilmaslik kerakligi haqida ogohlantirgan.
Yangiliklar lentasi
0