Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladigan sana ma’lum bo‘ldi

CC0 / Unsplash / Kilyan Sockalingum / Mesta v kinozale
Mesta v kinozale - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yilda kinofestival “Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat” shiori ostida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Toshkent xalqaro kinofestivali endilikda “Ipak yo‘li durdonasi” nomi bilan har yili 28-sentabr – 3-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorga imzo chekdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Joriy yilda kinofestival “Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Unga xorijdan jami 355 nafar ishtirokchi, shu jumladan, 55 nafar taniqli kinoyulduzlar taklif etiladi.
VI Mejdunarodniy kinofestival stran Azii, Afriki i Latinskoy Ameriki. Otkritie festivalya vo Dvorse iskusstv. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2020
Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi
Festival doirasida mashhur kinomutaxassislar va rejissorlar ishtirokida yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, kinotreninglar, davra suhbatlari, hududlarda kinoko‘rgazmalar, eng yaxshi milliy va xorijiy filmlar namoyishlari o‘tkaziladi.
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivali deb nomlangan Toshkent kinofestivali 1968–1997-yillarda may oyi oxiri – iyun oyi boshida davlat kinematografiya qo‘mitasi va kinoarboblar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0