Jamiyat

Xorazmlik ayol bir buyragini turmush oʻrtogʻiga berdi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Fotobankka oʻtishVrachi vo vremya operatsii
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
Amaliyot jarayonlari qariyib besh soat davom etdi. Bogʻot tumanilik 33 yashar Yulduz Roʻzmetova oʻz turmush oʻrtogʻiga bir buyragini berdi.
TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm viloyati filialida buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Bu haqda Sogʻliq saqlash vazirligi xabar qildi.
Murakkab amaliyot ilmiy markazining malakali mutaxassislari va mahalliy shifokorlar hamkorligida amalga oshirildi.
Vo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2019
Oʻzbekistonda donor boʻluvchi qarindoshlar roʻyxati kengaytirildi
Tibbiyot fanlari doktori Farhod Hojiboyev rahbarlik qilgan amaliyot jarayonlari qariyib besh soat davom etdi. Bogʻot tumanilik 33 yashar Yulduz Roʻzmetova oʻz turmush oʻrtogʻi 36 yashar Mardon Polvonovga bir buyragini berdi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
Markaz bosh direktori Davron Toʻlaganovning soʻzlariga koʻra, markaz tomonidan qisqa vaqt ichida 137 marta oʻtkazilayotgan bunday noyob amaliyot ilk bor viloyatda bajarilishi tarixiy ahamiyatga ega.
“Maqsadimiz chekka hududlar aholisini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz yashash joyini oʻzida malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdir”, - deydi Toʻlaganov.
Oʻz buyragini bergan ayolning maʼlum qilishicha, turmush oʻrtogʻi bir yildan buyon gemodializ muolajasi olib keladi. Tuman viloyat markaziga uzoqligi ancha noqulaylik tugʻdirardi.
“Hatto xorijga borib davolatishga ham rozi edik. Dunyoda falon pul turadigan amaliyot viloyatimizning oʻzida bepul amalga oshirilganidan xursandmiz”, — deydi Yulduz.
© SSV matbuot xizmatiBogʻot tumanilik 33 yashar Yulduz Roʻzmetova oʻz turmush oʻrtogʻi 36 yashar Mardon Polvonovga bir buyragini berdi.
Bogʻot tumanilik  33 yashar Yulduz Roʻzmetova  oʻz turmush oʻrtogʻi 36 yashar Mardon Polvonovga  bir buyragini berdi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.06.2021
Bogʻot tumanilik 33 yashar Yulduz Roʻzmetova oʻz turmush oʻrtogʻi 36 yashar Mardon Polvonovga bir buyragini berdi.
Mazkur filialda ikkinchi noyob amaliyotga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala