AQSh Xitoyni yakkalash bilan tahdid qildi

© AP Photo / Andy WongJenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga
Jenshina slushayet vistuplenie ministra inostrannix del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
COVID-19 paydo bo‘lish sabablarini aniqlashtirishga qarshilik qilsa - Oq uy Xitoyni yakkalashini bildirdi.
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Koronavirus paydo bo‘lish vaziyatini aniqlash uchun xalqaro ekspertlar kirishiga to‘sqinlik qilsa, Xitoy to‘liq izolyatsiya qilinadi, dedi milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSh prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan.
"Dunyo mamlakatlarini birlashtirish va Xitoyga siyosiy va diplomatik bosim o‘tkazish orqali biz XXRga keskin talablar qo‘ymoqchimiz: yoki u koronavirus qanday paydo bo‘lganini tekshiruvchi mutaxassislarni ishlashga qo‘yadi, yoki u xalqaro hamjamiyat tomonidan izolyatsiya qilinadi”, - dedi Sallivan Fox News telekanaliga.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Angliyaning Kornuoll grafiligida bo‘lib o‘tgan “katta yettilik” sammitida prezident Jo Bayden koronavirus qanday paydo bo‘lgani haqida yakuniy xulosaga kelmaganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek G7 davlatlari rahbarlari Xitoyni Shinjon, Gonkong va Tayvanda demokratiya va inson huquqlari buzilishida ayblab, unga birgalikda “qarshi turish”ga kelishib olgan edi.
Sammit G7 v Kornuolle, Angliya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
G7 sammiti bayonotidan so‘ng Xitoy qat’iy norozilik bildirdi
Ma’lumot uchun, 2021-yilning mart oyida xalqaro ekspertlar guruhi Uxan shahrida koronavirusning kelib chiqishini aniqlash maqsadida tekshiruvlar o‘tkazgan va “COVID-19ning laboratoriyada kelib chiqishi ehtimoli juda kam” degan xulosaga kelishgan edi. Eng ehtimoliy variant – koronavsirus oldin ko‘rshapalakdan biror hayvonga yuqqan va mutatsiya qilgan. Undan so‘ng odamga yuqqan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0