Iqtisod

“AvtoVAZ” Oʻzbekistonda Lada va Renault modellarini yigʻishni yoʻlga qoʻyadi

© Press-slujba PAO "AVTOVAZ" / Fotobankka oʻtishAvtoVAZ predstavil universalы Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross
AvtoVAZ predstavil universalы Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
"Oʻzbekistonlik isteʼmolchilar Lada brendini koʻrishdan xursand, ular uni GM avtomobillariga nisbatan oʻziga xos “lyuks brend” sifatida qabul qilishmoqda", - "AvtoVAZ".
TOSHKENT, 21 iyun - Sputnik. “AvtoVAZ” yaqin bir yil ichida Oʻzbekistonda avtomobillarning bir necha modellarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi, dedi RIA Novostiga kompaniya prezidenti Nikolya Mor.
“Oʻzbekiston borasida – oldin u yer ancha yopiq bozor edi. U yerda faqat GM bilan bogʻlangan UzAvto ishlardi. Hozir bu bozor, Oʻzbekistonning YEOIIga aʼzoligi (aslida kuzatuvchi – tahr.) tufayli oz-ozdan ochilmoqda. Shu bilan birga Oʻzbekistonda ham Rossida kirtilgani kabi – utilizatsiya yigʻimlari joriy etilmoqda”, - dedi Mor.
“Shuning uchun ham ushbu bozorga kirib kelishning maʼqul yoʻli – mahalliy hamkor bilan ishlash. U mashinakomplektlaridan avtomobillarni yigʻishni yoʻlga qoʻyadi. Bizda ana shunday hamkor bor. Biz u yerda ana shunday mahalliy yigʻish operatsiyalarini yoʻlga qoʻyamiz – dastlab bu Lada modellari boʻladi, keyin – Renault, yaqin 12 oy ichida", - dedi “AvtoVAZ” bosh direktori.
Top menedjer aytishiga koʻra, dastlabki bosqichda Oʻzbekiston bozorida Lada ulushi kunchalik katta boʻlmaydi, chunki u yerda UzAvto bor. "Oʻzbekistonlik isteʼmolchilar Lada brendini koʻrishdan xursand, ular uni GM avtomobillariga nisbatan oʻziga xos “lyuks brend” sifatida qabul qilishmoqda", - dedi kompaniya bosh direktori.
Bugungi kunda “AvtoVAZ”ning eng yirik eksport bozorlari bu – Oʻzbkiston, Qozogʻiston va Belorussiya. Uzoq xorijiy davlatlarda – Misr. Kompaniya xabariga koʻra, 2020 yilda xorijiy davlatlarga 41 ming dona avtomobil eksport qilingan. Undan 5 mingtasi - Oʻzbekistonga.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala