“AvtoVAZ” O‘zbekistonda Lada va Renault modellarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi

© Press-slujba PAO "AVTOVAZ" / Mediabankka o‘tishAvtoVAZ predstavil universali Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross
AvtoVAZ predstavil universali Lada Vesta SW i Lada Vesta SW Cross - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Obuna bo‘lish
"O‘zbekistonlik iste’molchilar Lada brendini ko‘rishdan xursand, ular uni GM avtomobillariga nisbatan o‘ziga xos “lyuks brend” sifatida qabul qilishmoqda", - "AvtoVAZ".
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. “AvtoVAZ” yaqin bir yil ichida O‘zbekistonda avtomobillarning bir necha modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, dedi RIA Novostiga kompaniya prezidenti Nikolya Mor.
“O‘zbekiston borasida – oldin u yer ancha yopiq bozor edi. U yerda faqat GM bilan bog‘langan UzAvto ishlardi. Hozir bu bozor, O‘zbekistonning YeOIIga a’zoligi (aslida kuzatuvchi – tahr.) tufayli oz-ozdan ochilmoqda. Shu bilan birga O‘zbekistonda ham Rossida kirtilgani kabi – utilizatsiya yig‘imlari joriy etilmoqda”, - dedi Mor.
“Shuning uchun ham ushbu bozorga kirib kelishning ma’qul yo‘li – mahalliy hamkor bilan ishlash. U mashinakomplektlaridan avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yadi. Bizda ana shunday hamkor bor. Biz u yerda ana shunday mahalliy yig‘ish operatsiyalarini yo‘lga qo‘yamiz – dastlab bu Lada modellari bo‘ladi, keyin – Renault, yaqin 12 oy ichida", - dedi “AvtoVAZ” bosh direktori.
Top menedjer aytishiga ko‘ra, dastlabki bosqichda O‘zbekiston bozorida Lada ulushi kunchalik katta bo‘lmaydi, chunki u yerda UzAvto bor. "O‘zbekistonlik iste’molchilar Lada brendini ko‘rishdan xursand, ular uni GM avtomobillariga nisbatan o‘ziga xos “lyuks brend” sifatida qabul qilishmoqda", - dedi kompaniya bosh direktori.
Bugungi kunda “AvtoVAZ”ning eng yirik eksport bozorlari bu – O‘zbkiston, Qozog‘iston va Belorussiya. Uzoq xorijiy davlatlarda – Misr. Kompaniya xabariga ko‘ra, 2020-yilda xorijiy davlatlarga 41 ming dona avtomobil eksport qilingan. Undan 5 mingtasi - O‘zbekistonga.
Yangiliklar lentasi
0