Dunyoda

Yevropa ittifoqi Qrimga qarshi sanktsiyalarni uzaytirdi

Flag YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
YEIdagi jismoniy shaxslar va tashkilotlarga Qrim va Sevastopoldan mahsulotni import qilish taʼqiqlangan. Cheklovlar savdo, turistik sektor, regionning qator iqtisodiy sektorlariga investitsiyalar kiritilishiga ham taʼsir etadi.
TOSHKENT, 21 iyun – Sputnik. Yevropa ittifoqi "Qrim va Sevastopolning noqonuniy anneksiyasi uchun" sanktsiyalarni yana bir yilga, yaʼni 2022 yilning 23 iyuniga qadar uzaytirdi, deyiladi YEI tomonidan tarqatilgan bayonotda. RIA Novosti xabari asosida.
"Bugun YEI kengashi Rossiya tomonidan Qrim va Sevastopolning noqonuniy anneksiyasiga javoban kiritilgan sanktsiyalarni yana bir yilga yangilashga qaror qildi", - deyiladi hujjatda.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Sanktsiyalar Yevropa ittifoqi Rossiyaning ushbu regionlari bilan iqtisodiy aloqalarni cheklashini nazarda tutadi. Sanktsiyalar soʻnggi marotaba bir yil avval 2021 yilning 23 iyuniga qadar uzaytirilgan edi.
YEIdagi jismoniy shaxslar va tashkilotlarga Qrim va Sevastopoldan mahsulotni import qilish taʼqiqlangan. Cheklovlar savdo, turistik sektor, regionning qator iqtisodiy sektorlariga investitsiyalar kiritilishiga ham taʼsir etadi.
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat toʻntarishidan soʻng oʻtkazilgan referendum yakunlariga koʻra Qrim Rossiya regioniga aylandi. Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 %i va Sevastopol aholisining 95,6 %i ovoz bergan. Ukraina yarimorolni oʻziniki, faqat vaqtincha okkupatsiya qilingan deb hisoblaydi. Moskva yarimorol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga toʻla mos ravishda Rossiyaga demokratik yoʻl bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor taʼkidlagan. Vladimir Putinga koʻra, Qrim masalasi butunlay yopilgan.
Glava Respubliki Krыm Sergey Aksenov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Rossiya
Sergey Aksenov: Qrim tiz choʻkmaydi
Yevropa ittifoqi koʻplab marotaba Qrim va Sevastopolning Rossiya tarkibiga kirishini oqlamasligi haqida bayonotlar berib keladi.
Moskvaning Kiyev va Gʻarb bilan munosabatlari Donbassdagi voqealar fonida keskinlashgan: Kiyev 2014 yil oʻz oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk va Donbass hamda referendum oʻtkazilishi natijasida RF bilan qoʻshilishga qaror qilgan Qrim yarimoroliga qarshi harbiy operatsiyalarni boshlagan.
Moskva barcha ayblovlarni rad etdi va RF Ukraina ichidagi mojarolarda tarafkashlik qilmasligini maʼlum qildi. RF import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish qarorini qabul qilib, Moskva bilan sanktsiyalar tilida gaplashish samara bermasligini bildirdi.
Ayni vaqtda Rossiya Davlat dumasining Qrim regionidan deputati Mixail Sheremet Yevropa ittifoqi tomonidan Qrimga nisbatan sanktsiyalar uzaytirilishini - xavfli oʻyin deb atadi. Sheremetga koʻra, ushbu qaror toʻlaligicha Rossiya bilan munosabatlarni ziddiylashtirishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala