Jamiyat

Hafta davomida qanday ob-havo kutilishi haqida maʼlumot berildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Oʻzbekiston hududiga Ural hududlaridan deyarli salqin havo kirib kelishi davom etadi.
TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududiga Ural hududlaridan deyarli salqin havo kirib kelishi davom etadi, bu esa kunduz kunlari havo harorati koʻtarilishini oldini oladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.
Tekislik hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida keyingi ikki kun ichida (dushanba va seshanba) kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Ushbu davr davomida havo harorati kechalari 16-21 daraja iliq, kunduz kunlari 30-35 daraja issiq, janubda 36-39 daraja issiq atrofida boʻladi. Bu iyun oyi soʻnggi oʻn kunligining meʼyoriy harorat qiymatlariga yaqindir.
Respublika boʻylab baʼzi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala